Shifo.uz Maqolalar Gulxayrining qanday shifobaxshligi bor?

Gulxayrining qanday shifobaxshligi bor?

Gulxayrining qanday shifobaxshligi bor?

Gulxayri o'simligining tarkibida juda ko'p foydali moddalar bor . Chunonchi gulxayrining ildizida 35 % gacha shilliq moddalar, 37 % gacha kraxmal , 16 % ga yaqin qand , asparagin , betain , pektin , yog' , 4,9 % atrofida mineral tuzlar mavjud . O'simlikning barg hamda gullarida 0,02 % ga yaqin qattiq efir moyi , karotin , vitamin C , ildizlardagiga qaraganda ikki marta kam shilliq moddalar bor . Gulxayri qadim zamonlardan beri shifobaxsh o'simlik sifatida ishlatilib kelinadi . Abu Ali Ibn Sino gulxayri ildizidan , bargidan va urug'laridan tayyorlangan damlama bilan yo'tal , qon tupurish , zotiljam va buyrak kasalliklarini davolagan . Buyuk tabib gulxayri ildizi asosida tayyorlangan dori-darmonlarni ko'krakni yumshatuvchi , balg'am ko'chiruvchi omil sifatida tavsiya etgan . Gulxayri gul tojbarglaridan teri , shoyi va jun matolarni bo'yashda foydalaniladi . Chunki gulxayri gulbarglari o'zida qizil , zangori hamda binafsharang bera oladigan malvidin pigmentini saqlaysi . Gulxayri ildizidan kleyster tayyorlash , o'simlikning poya va shoxchalaridan a`lo sifatli qog'oz hamda arqonlar tayyorlash mumkin . Gulxayri gullari bolarilar uchun yaxshi oziq hisoblanadi . Dorivor gulxayrining ildizini odatda kuzda yoki erta bahorda kavlab olinib , dag'al ildizpoya va mayda ildizchalardan ajratiladi-da , zudlik bilan suv oqimida yuvib olinadi (ildiz shilliqlanmasligi uchun ) . Shundan so'ng ochiq havoda quritiladi . Uy sharoitida gulxayri ildizidan quyidagicha damlama tayyorlash mumkin : birorta idishga 2 stakan miqdorda qaynatib sovutilgan suv quyiladi va uning ustiga 4 choy qoshiq maydalangan ildizdan solib , 8 soat davomida qo'yib qo'yiladi . So'ngra suzib olib , sharbatiga kuniga 3-4 mahal yarim stakan miqdorda ichiladi .

45 ta ovoz
Ovoz berish:
1 2 3 4 5