- Maslahatlar
HAM OZIQ, HAM DAVO
Qovoqning foydali ekanligini hamma biladi. To‘g‘risi, uning ajoyib ta’mi uchun hamma yaxshi ko‘radi. Buyrak uchun olinadigan dori undan ham mazaliroq. O‘rta darajadagi qovoqni ochib, tepa qismi kesib olib qo‘yiladi. Urug‘i tozalanib yumshoq joyining sergo‘sht qismi ham olib tashlanadi. Chorak litr o‘simlik yog‘i va 250 gramm shakardan aralashma tayyorlanib, yaxshilab aralashtiriladi, aralashma qovoqning ichiga qo‘yiladi, ustini qovoqning kesib olingan qismi bilan yopilib, yoqilgan gaz duxovkasida pishiriladi. Keyin pishgan qovoqning po‘chog‘i tozalanib, pyure hosil qilinadi. U kuniga 3 mahal ovqatlangunga qadar 1 osh qoshiqdan iste’mol qilinsa, buyrak shamollashiga davo bo‘ladi. U muzxonada saqlanishi lozim. Bu ajoyib dori nafaqat buyrakni davolash uchun yordam beradi, balki butun oshqozon va ichak yo‘llari faoliyatini yaxshilaydi.
2 ta ovozOvoz berish: