Shifo.uz Maqolalar Hoziroq yugurishni boshlashingiz uchun 8 sabab

Hoziroq yugurishni boshlashingiz uchun 8 sabab

Hoziroq yugurishni boshlashingiz uchun 8 sabab

Yugurish – xushbichim ko’rinishga ega bo’lishning eng yaxshi va tekin yo’li. Yugurish uchun hech qanday alohida uskunalar yoki maxsus joylar kerak emas, faqat sport oyoq kiyimingiz bo’lsa bo’ldi. Yugurish ko’p kasalliklarning oldini olishga va davolashga ham yordam beradi. Albatta yugurishning o’zi har dardga davo emas, lekin u orqali asab, qon aylanish tizimlariga ijobiy ta’sir ko’rsatsa bo’ladi.

1 Yugurish yurak va qon tomirlari faoliyatini yaxshilaydi, yugurish orqali to’g’ridan to’g’ri yurak mushaklarini mashq qildirgan bo’lasiz. Natijada yurakning kuchliroq bo’lishi va yanada samarali ishlashi ta’minlanadi.

2 Qonda kislorod miqdori ko’payadi. Yurak tez harakat qilganida qon oqimi tezlashadi, qon oqimi tezlashganda esa kislorod almashinuvi kuchayadi. Vujudimizning barcha to’qimalari va organlariga ko’p miqdorda qon, kislorod va oziq moddalari yetkaziladi.

3 Yugurish charchashga qarshi ham yaxshi davo hisoblanadi. Kundalik yumushlar, asabbozlik organizmda salbiy hususiyatga ega bo’lgan moddalarni yig’ilishga olib keladi. Bu esa umumiy charchoqlikni keltirib chiqaradi. Charchoqni tarqatish uchun yaxshilab terlash kerak. Yugurganda esa yaxshigina terlaymiz.

4 Vujud zo’riqqanda qonda mahsus endorfin gormoni ko’payadi. Bu gormonni yana ‘baxtiyorlik gormoni’ deb ham atashadi. Bu bejiz emas albatta, qonda endorfin ko’paygan vaqtda odam o’zini yengil va tashvishlardan holi his qiladi. Natijada asabiylashishdan asar ham qolmaydi

5 Yugurganda insonning aqliy faoliyati ham kuchayadi. Mening tajribamda yugurayotgan vaqtimda ko’pincha uzoq o’ylab yurgan muammolarimning yechimi topilib qoladi. Bunga sabab yuqorida aytganimday qon kislorod bilan to’yadi va bu markaziy asab sistemasi, shu jumladan miyaning ham yaxshiroq ishlashiga olib keladi.

6 Doimiy tarzda yugurib turish inson immunitetini ham kuchaytiradi. Bunga sabab qonda eritrosit va gemoglobin me’yorining ortishidir. Yugurganda qondagi zararli xolesterin miqdori kamayadi, ochlik hissi susayadi va ichaklarning ishlashi yaxshilanadi. Bularning natijasida moddalar almashinuvi tezlashib tana og’irligi normallashadi.

7 Kunning istalgan vaqtida yugurish mumkin. Ertalablari qondagi garmonlar me’yori yuqori bo’ladi va yugurish umumiy me’yorning tiklanishiga sabab bo’ladi. Kechqurun ishdan keyin yugurganda esa charchoq tarqaydi, yengil tortasiz, ortiqcha ishtaha ochilishining oldi olinadi va mazza qilib uxlaysiz

8 Doimiy ravishda yugurib turish yana muskul va suyak sistemamizga ham ijobiy ta’sir qiladi. Katta yoshli odamlarda yugurish suyaklar ba muskullarning o’zgarish jarayonini sekinlashtiradi.

Qadimgi yunonlarda bir gap bo’lgan ekan, “Agar kuchli bo’lmoqchi bo’lsang – yugur, chiroyli bo’lmoqchi bo’lsang – yugur, aqlli bo’lmoqchi bo’lsang – yugur”. Shunday ekan qani boshladik yugurishni!

Manba: erkak.uz

10 ta ovoz
Ovoz berish:
1 2 3 4 5