Shifo.uz Vitaminlar Inson uchun zarur darmondorilar (vitaminlar)

Inson uchun zarur darmondorilar (vitaminlar)

Inson uchun zarur darmondorilar (vitaminlar)

Inson tabiat qo’ynida yashaydi, mehnat qiladi, ijod etadi va nasl qoldiradi. Go’zal tabiatning sahovati shunchalar kengki, uning marhamatlarini, in’omlarini sanab nihoyasiga yetish qiyin albatta. Tabiatning ajralmas bulagi bo’lgannabobat olami insonni to’ydiradi, kiyintiradi, unga harorat bag’ishlaydi, nafas oladigan havoni musaffo qiladi.  Shuni qayd qilib o’tish kerakki, juda ko’p nabotot namunalari qaysidir jihatlari bilan bir-biriga o’xshash bo’ladi. Inson organizmi uchun A,B,B1,B2,B6,B12,S,D,RR,K,N darmondorilari nihoyatda zarurdir. Ularing ta’siri inson organizmi faoliyatida juda muhim rol o’ynaydi. Agar maskur darmondorilardan birortasi yetishmasa, inson organizmida turli hastaliklarni kelib chiqishiga  sharoit tug’iladi. Bu esa inson umrining qisqarishiga olib keladi.

A darmondorisi. Agar inson organizmida bu darmondori yetishmasa, ko’rish qobilyati pasayadi, jumladan qorong’u bo’lganda ko’ra olmaydigan yoki shabko’r bo’lib qoladi. Bu darmondori ko’proq sabzi, pomidor, ko’k no’xat, qovun, apelsinda bo’ladi.

B,B1 darmondorilari organizmda kamayib ketsa, inson ko’zlari xadeb yoshlanaveradi, kamqonlik sezila boshlaydi, kishi darmonsizlanadi, lablari bichilib ketadigan bulib qoladi, lablar ustida ajinlar ham paydo bo’ladi. Bu darmondori, tuxum, qo’y go’shti, xamirturish va pishloqda bo’ladi.

B6 va boshqa B guruhiga kiruvchi darmondorilarning nson organizmida kamayishi natijasida kishi yuragi o’ynaydigan bo’lib qoladi. Bunday darmondorilar karam, sabzi, qovoq, suzma va baliqda bo’ladi.

S darmondori inson tanasida kamayib ketsa, unda milklarda og’riq paydo bo’ladi, bo’g’imlar og’riy boshlaydi, yaralar tez bitmay va kishi tez charchaydigan bo’lib qoladi. Bunday darmondori kartoshka, bulg’or qalampiri, osh-ko’klar, limon, apelsinda ko’p miqdorda uchraydi.

D darmondorisining kishi organizmida kamayib ketishi, oqibatida uni tez-tez oftob uradigan bo’lib qoladi, sochlari ham to’kila boshlaydi. Bu darmondori sut mahsulotlarida ko’p bo’ladi.

K darmondorisi yetishmasligi sababli odam jigari, buyragi va ichak xastaliklariga chalinadi. Qoni yaxshi ivimaydigan bo’lib qoladi. Bu darmondori piyoz, qovoq, ko’k no’xat, loviya, jigar va tuxumda ko’p bo’ladi.

N darmondorisining inson organizmida kamyib ketishi oqibatida organizmning yog’ bezlari xastalikka chalinib, faoliyatini buzadi,  sochlar tez oqaradi va tez to’kilib ketadi. Bu darmondori bo’lka non, guruchli ovqatlar, jo’xori go’ja va jigarda ko’p bo’ladi. Yong’oq, kungaboqar, kanop yog’idan har doim foydalanib turish kerak.

RR darmondorisining yetishmasligi tufayli, odam ichak va jigar, buyrak dardiga tez yo’likuvchi bo’lib qoladi.  Shuning uchun karam, piyoz, qovoq, ko’k no’xat, loviya, ko’katlar iste’mol qilib turish tavsiya etiladi.

Bu darmondorilarni to’ldirib turish uchun yuqorida aytib o’tilgan narsalarni yeb turish lozim. Masalan, odam bir sutka davomida qancha yog’ iste’mol etishi zarur bo’lsa, oqsilni ham shuncha ya’ni 1:1 miqdorida olishi zarur. Bunda 50 gramm yog’, 50 gramm oqsil eng kam me’yor ekanligi aniqlangan. Qaymoq eng serquvvat va to’qtutar ne’mat hisoblanadi. Binobarin 100 gramm qaymoq a’zolarimizning sutkalik quvvat olishini ta’minlaydi. Qaymoqda yuqorida aytib o’tilgan darmondorilarning mavjudligi aniqlangan.

Asalari mumi qon almashinuvi va mushaklar qobilyatini oshiradi, tishni tozalaydi, milkni mustahkamlaydi. Misrliklar petrushkani mardlik giyohi deb tariflashgan. Qadimgi Rimda jangchilarga urush oldidan petrushka berilgan. Unda qator darmondorilar bilan birga jasurlik beruvchi Apeol mavjud.

Yilning turli faslida yetarli miqdorda noz-nematlarni iste’mol etib turish zarur. O’z sog’lig’ini saqlovchi kishiovqatining asosiy qismi sabzavotlardan, mevalardan va boshqa davo bo’ladigan mahsulotlardan iborat bo’lmog’I lozim. Yaxshi hazm bo’ladigan ovqatlarni oz-oz va tez-tez yeyish sog’lik garovidir. Xakimlarning aytishlaricha: Et etga, sho’rva betga. Ma’nosi shuki go’sht yeyilganda kishining go’shti ko’payadi, sho’rva ichganda esa yuzi qizaradi xolos. Bulardan tashqari jismoniy tarbiya va sport, mehnat bilan shug’ullanish, sof havoda sayr qilish va quyosh nuridan foydalanish inson salomatligi va uzoq umr ko’rish uchun muhim omildir.

2 ta ovoz
Ovoz berish:
1 2 3 4 5