Shifo.uz Maqolalar Jigarni asrang!

Jigarni asrang!

Jigarni asrang!

Jigar — bizni zararli moddalardan himoya qilish uchun charchoq nimaligini bilmay "mehnat qiladigan" o‘ziga xos filtrdir.
Spirtli ichimliklar, yog‘li ov­qat, oziq-ovqat mahsulotlaridagi kimyoviy qo‘shimchalar, dorilar — bularning barchasi jigarimiz­ning dushmani. Baxtimizga, uning do‘stlari ham kam emas! Masalan, qovoq.  Unda T vitamini ko‘p bo‘lib, u og‘ir ovqatning hazm bo‘lishiga yor­dam beradi va bu bilan jigar­ning ishini engillashtiradi. Shuningdek, turshakning ham jigar faoliyatini yaxshilashda foydasi ko‘p. Yaqinda mutaxassislar tur­shak­ni muntazam ravishda iste’­mol qilish jigar saratoni paydo bo‘lishi xavfini kamaytirishini aniqladi. Zaytun yog‘i esa tarki­bida E vitamini ko‘p bo‘lgan asosiy antioksidant. U organizmni erkin radikallar, ya’ni quyosh nuri, si­ga­reta tutuni, ifloslangan havo va radiatsiya tufayli hosil bo‘la­digan moddalar ta’siridan himoya qiladi.

182 ta ovoz
Ovoz berish:
1 2 3 4 5