Shifo.uz Maqolalar Jiydaning foydalari

Jiydaning foydalari

Jiydaning foydalari

Jiyda mevalari serxosiyatliligi bilan mashhur . Mevasi tarkibida 40-65 % qand , 11 % oqsil , klechatka , yog' , oshlovchi moddalar , organik kislotalar mavjud . Bundan tashqari jiydaning "go'shtli" qismida kaliy va fosforli tuzlar , vitaminlar B1 , B2 , PP , E lar bor . Xalq tabobatida jiyda mevasi yoki uning damlamasi bolalarda uchraydigan ich ketishiga qarshi yaxshi davo hisoblanadi . Damlama nafas yo'llari shamollaganda ham tavsiya qilinadi . Bunday qaynatmalar oshqozon-ichak faoliyatiga ijobiy ta`sir ko'rsatadi . Jiydadan qaynatma tayyorlash uchun , biror og'zi yopiladigan idishga bir yarim litr suv quyib , mevadan 50 g solinadi va biroz qaynatib , bir soat mobaynida qo'yib qo'yiladi . So'ngra dokada suziladi-da , qaynatma sharbatidan kuniga ovqatdan keyin 2-4 mahal 2 qoshiqdan ichiladi . O'simlik mevalari servitamin bo'lganligi tufayli ilmiy medetsinada kamqonlikda ,teri qazg'oqlanishida , bo'y o'smasligida iste`mol etish tavsiya qilinadi . Shuningdek jiyda mevalari organizmda tuz-suv mutanosibligini saqlash uchun , odamni fikrlash qobiliyatini oshirish uchun ham iste`mol qilinishi lozim . Jiyda oziq-ovqat sanoatida ham keng ishlatiladi .Undan kisel va ta`timli sharbatlar (kompot) tayyorlash mumkin . Sharq jiydasining mevalari tuyilib un olinadi , uni non va boshqa oziq-ovqat mahsulotlariga qo'shib iste`mol qilish mumkin . Shuni aytish kerakki , jiyda juda beor o'simlik bo'lib ,uni danagi , qalamchasi yordamida ko'paytirish mumkin . O'simlik 3-4 yilda hosilga kiradi . Jiydadan ihota sifatida , tuproq eroziyasiga qarshi foydalanish mumkin . Uning ildizida azot elementini to'plovchi tuganak bakteriyalar (aktinomiset) mavjud bo'lganligi tufayli , tuproqni oziqabop mineral bilan ta`minlashga yordam beradi . Shuning bilan bir qatorda jiyda gullari bolarilar uchun yaxshi oziq hamdir . M.M.Mirzayev, M.K.Sobirovlarning bergan ma`lumotlariga ko'ra , jiydaning quyidagi turlarini uchratish mumkin : Sharq jiydasi , Ensiz bargli jiyda , Kumushsimon jiyda , Non jiyda ,Qizil jiyda.

45 ta ovoz
Ovoz berish:
1 2 3 4 5