- Maqolalar
Kalsiy - ozdiruvchi dietalar asosi
Suyaklarimizni kuchli va og’ir qiladigan modda ozishga yordam berishi mumkin emasday tuyuladi. Biroq, u shunday qilishi isbotlangan.
Rad etib bo’lmaydigan isbotlar
Olimlar kalsiyni tana yog’lariga xayr deyishda yordam berishiga ishonadilar. Bir necha hafta davom etgan tajriba shuni isbotladiki siz sutli dietada bo’lganingizda, ko’p vazn yo’qotasiz – bu, kalsiy manbasi sut mahsulotlaridan bo’lganida amalga oshadi. Kalsiyga boy bo’lmagan dietada bo’lgan ayollarda yog’ to’qimalari ko’proq, bel aylanasi kattaroq va zararli xolesterol darajasi, kalsiyni ko’p miqdorlarda iste’mol qilganlarga nisbatan ko’proq bo’lgan.
Turbo ozdiruvchi
Kalsiy yetishmasligi bo’lgan insonlarning tanasi och qolishga o’tkazilgan, bu degani, ular ko’proq ovqatlanadilar. Huddi shu yetishmovchilikni qoplamoqchi bo’lganday. Kalsiyni ko’proq iste’moli modda almashinuvini kuchaytiradi, u vaznni boshqarib semirishni oldini oladi. Agarda siz semiz bo’lsangiz va doimo tamaddi qilib yursangiz, sut va sut mahsulotlarini ichmang yoki baliqni iste’mol qilmang, sizda ozish bilan muammolar tug’ilishi mumkin.
Ushnu moddani qayerda topishingiz mumkin
Sog’lom insonga tavsiya etilgan kunlik meyor 1000 mg atrofida (ayollar uchun, homilador va menopauzali ayollar uchun ushbu ko’rsatkich yuqoriroq). Agarda siz semiz bo’lsangiz u holda 1500 mg meyor ozish va ortiqcha ishtahani to’xtatish uchun yetarli bo’ladi. Sut va sut mahsulotlaridan tashqari kalsiy yangi sabzavot va mevalarda: yashil barglilarda, brokkoli, gulkaram, yong’oqlar,
dengiz mahsulotlari va baliq (tunes, shprot) uchraydi. Kalsiy bilan to’yintirilgan – yormalar, apelsin sharbati, pishloq va yogurt mahsulotlarni ham iste’mol qilish yaxshi.
Tanamizga oson so’rilganligi uchun, kalsiy bilan boyitilgan va tabiiy kalsiylik mahsulotlar kalsiy qo’shimchalardan ko’ra foydaliroqdirlar.
D vitamini dueti
D Vitamini kalsiyni so’rilishiga javobgardir – D vitamin kam bo’lganda kalsiy so’rilmaydi. Kalsiy va D vitamini, yog’ to’qimalarida yog’lar modda almashinuvini me’yorlashtirish va ularni erishini kuchaytirish orqali birgalikda ishlashi ma’lum bo’lmoqda. D vitaminining tabiiy manbasi yog’li dengiz baliqlarda topiladi.
Ertalabdan kechgacha sut mahsulotlari
http://www.bonduelle.uz//uploads/_contents/7727/content/mini_seafood-salad.jpg" alt="" />
Nonushta, yogurt yoki saryog’, ularni qulupnay yoki chernika bilan aralashtiring. Bu kabi kokteyl tanangizni yangilab quvvat baxsh etadi.
Tushlik: feta pishlog’i, sarimsoq va zaytunlar bilan to’ldirib pishirilgan bulg’or qalampiri sizni, oshqozonni ortiqcha yuklamasdan, ishlashga quvvatlantiradi.
Kechki ovqat: tabiiy yogurt va yangi mevalar bilan iliq guruch. Siz bunday ovqatdan semirmaysiz.
Yotishdan avval bir choy qoshiq asal bilan iliq sut iching. Bu sizni tinchlantirib oson uyquvga ketishda yordam beradi.
Manba: Bonduelle.uz
Ovoz berish: