Shifo.uz Shifo.uz oshxonasi Karam dimlama

Karam dimlama

Karam dimlama

4 kishilik ovqat uchun masalliqlar:

O’rtacha kattalikdagi bir dona karam, 4 dona tuxum, 4 osh qoshiq un, 1 bog’ petrushka, 1 bog’ ukrop, 100 g pishloq, 4 dona ko’k piyoz, tuz va rayhon (xohishga ko’ra.)

Tayyorlash usuli:

Karamni maydalab to’g’rang, qaynagan suvga solib oling. Chuqurroq idishda tuxum va uni aralashtiring, ustiga ukrop petrushka, ko’k piyoz pishloq, karam va tuzni qo’shib aralashtiring. Aralashmani issiqqa chidamli shisha idishga soling, istasangiz, rayhon ham qo’shishingiz mumkin. 180 C gradus haroratdagi gaz duxovkasida 20 daqiqa turgan taom dasturxonga tortishga tayyor bo’ladi.

Ozishga yordam beruvchi taom. Shu bilan birga to’q saqlaydi, darmondorilarga boy. Bir portsiya ovqatda 185 kkal., 15 gr. Protein, 14,6 gr. Karbongidrat bor.

1 ta ovoz
Ovoz berish:
1 2 3 4 5