Shifo.uz Hayot darsi Kechirimlilik va uning sog’likka foydasi

Kechirimlilik va uning sog’likka foydasi

Kechirimlilik va uning sog’likka foydasi

"Ojizlar o'ch oladi, Kuchlilar kechiradi, aqlli odamlar esa unutadi" Albert Einshtein

 


Dinga ishonuvchilarning kechirimlilik haqidagi tushunchasi Qur'on odob-axloqqoidalari asosida yashamaydigan odamlarnikiga nisbatan juda katta farq qiladi. Hattoki ko‘pchilik odamlar o‘zlarini xafa qilgan kishini «kechirdim» deb aytishlari mumkin-u, biroq shunday bo‘lsa ham, ular o‘z yuraklaridagi nafrat va g‘azabdan uzoq vaqt davomida qutula olmay yuradilar. Ularning xulqi bu g‘azabni ifoda etishga moyildir. Aksincha, dinga ishonuvchilarning kechirimliligi samimiy bo‘ladi. Chunki ishonuvchilar inson zoti bu dunyoda bir sinov ekanligini va ular o‘z xatolaridan o‘rga-nishini, ular o‘zlarining bardoshli va rahmli ekanliklarini biladilar. Bundan tashqari, ishonuvchilar hatto o‘zlari haq, boshqalar esa nohaq bo‘lgan paytlarda ham kechirib yuborish xislatiga egadirlar. Kechirayotgan paytda ular katta va kichik xatolar o‘rtasidagi farqqa e'tibor bermaydilar. Kimdir xato qilib, ularga katta talafot yetkazishi mumkin. Biroq ishonuvchilar hamma narsa Allohning amri va ma'lum bir taqdir taqozosi bilan sodir bo‘lishini biladilar va shuning uchun ham ular bunday holatlarda jahlga yon bermasdan, o‘zlarini qo‘lga ola biladilar.

Yaqinda o‘tkazilgan tadqiqotga ko‘ra, amerikalik olimlar kechira olish qobiliyatiga ega bo‘lganlar ham ruhan, ham jisman sog‘lomroq bo‘lishini aniqlashdi. Stendford universitetidagi Psixologik maslahat va salomatlik markazida faoliyat ko‘rsatuvchi filosofiya fanlari doktori Fredrik Laskin va uning guruhi San-Frantsisko shahrida istiqomat qiluvchi 259 odamni o‘rganishdi. Olimlar tadqiqot sub'ektlariga oltita bir yarim soatlik sessiyada qatnashishni taklif qildilar va suhbat davomida sub'ektlarni kechirimlilikka o‘rgatishni maqsad qilib qo‘ydilar.

Tajriba sub'ekglari ularga yomonlik qilgan odamlarni kechirganlaridan so‘ng kamroq azob chekkanlarini ta'kidlashdi. Tadqiqot kechirishni o‘rgangan odamlar o‘zlarini nafaqat hissiy, balki jismoniy tomondan ham yaxshiroq his qilganliklarini isbotladi. Misol uchun, bu tajribalardan so‘ng stress bilan bog‘liq ensa og‘rig‘i, uyqusizlik va oshqozon og‘rig‘i kabi psixologik va jismoniy alomatlar bu shaxslarda sezilarli darajada kamayganligi aniqlandi.

Doktor Fredrik Laskin o‘zining «Umrbod kechiring» deb nomlangan kitobida kechirimlilikni sog‘liq va baxtiyorlik uchun isbotlangan retsept deb ifodalaydi. Kitob kechirimlilik qanday qilib jahl, alam, ruhiy tushkunlik va stresslarni kamaytirish evaziga umid, sabr va o‘ziga ishonch kabi ijobiy xislatlarni uyg‘otishini tasvirlaydi.

Doktor Laskinning aytishicha, ko‘ngilda tugib qo‘yilgan jahl shaxsda kuzatiladigan jismoniy ta'sirlarni keltirib chiqaradi. U yana o‘z fikrini quyidagicha davom ettiradi:

Biz ko‘rdikki, uzoq davom etgan hodisa yoki hal kilinmagan jahl ichki termostatni ishga soladi. Siz jahlning past darajalariga doimiy o‘rganib qolganingizda, siz nima normal-u nima nonormal ekanligini bilmay qolasiz. Bu odamlar o‘rganib qoladigan kandaydir bir adrenalin bosimni yuzaga keltiradi. U tanani yondiradi va vaziyatni keskin-lashtirib, tinikroqfikrlashga kiyinchilik tug‘diradi.

Bundan tashqari, Doktor Laskin jahl va stress davomida tana ma'lum fermentlarni ishlab chiqqandan so‘ng, xolesterin va qon bosimi ko‘tariladi va bu tanani uzoq muddat ushlab tura olmaydi deb ta'kidlaydi.

Healing Currents magazine jurnalining 1996 yilgi sentyabr-oktyabr sonida chop etilgan «Kechirimlilik» nomli maqola biror shaxs yoki hodisaga qaratilgan jahl odamlarda salbiy hissiyotlar uyg‘otgani va ularning hissiy muvozanatlariga hamda ularning jismoniy sog‘liqlariga putur yetkazganini ma'lum qiladi. Maqola, shuningdek, odamlar bir oz fursat o‘tgandan so‘ng jahl ularga ko‘ngilsizlik olib kelishini tushunib yetishi va munosabatlarga yetgan zararni tuzatishni xohlab qolishlari haqida ham yozadi. Shundan so‘ng ular kechirish choralarini ko‘rishadi. Maqola yana odamlar chidashga to‘g‘ri keladigan barcha narsalarga qaramasdan, ular hayotidagi qimmatli onlarni jahl va tashvishga sarflashni istamasligi va o‘zlarini hamda o‘zgalarni kechirishni afzal ko‘rishi haqida so‘z yuritadi.

1500 odamni qamrab olgan boshqa bir izlanishda ruhiy tushkunlik, stress va ruhiy xastaliklar dindor odamlarda kamroq uchrashi kuzatildi.

Doktor Herbert Benson buni dinlarning «kechirimlilik»ni targ‘ib qilishiga bog‘laydi va shunday deydi:

Kechirimlilikning fiziologiyasi mavjud ... Siz kechirmasangiz, u sizni yamlab yutadi.

Harvard Gazette gazetasida chop etilgan «Jahl yuragingiz dushmani» nomli maqolasida jahl yurakka o‘ta zararli ekanligi ta'kidlangan. Tibbiyot bo‘yicha assistent Ichiro Kavachi va uning guruhi buni turli testlar va o‘lchovlar bilan ilmiy jihatdan isbotlab berdi. Ularning tadqiqoti natijasiga ko‘ra, har doim noliydigan keksalarda ularning yaxshi kayfiyat bilan yuradigan tengdoshlariga nisbatan uch marta ko‘p yurak xastaligiga chalinish xavfi borligi aniqlandi. «Xavfning uch karraligida,» deydi Kavachi, «jahlning yuqori darajalari, narsalarni chil-chil sindirish va urishganda kimgadir shikast yetkazish istagini o‘z ichiga olgan portlovchi jahl ishtirok etadi.»

Tadqiqotchilar shu narsaga aminki, stress garmonlarining chiqishi, yurakning mushak hujayralari tomonidan kislorodga bo‘lgan talabning oshishi va tromb (qonning ivib qolishi) ni keltirib chiqaradigan qon plastinkalaridagi yopishqoqlikning oshishi, bu esa «o‘z navbatida» yurak-qon tomirlaridagi qonning harakatini susaytirib, yurak miokardining oziqlanishini buzishi - bularning hammasi jahl qanday qilib yurak xurujini tezlashtirishini tushuntirib beradi. Bundan tashqari, jahl chiqqan paytda tomir urish tezligi odatdagidan ko‘proq bo‘ladi va u arteriya qon tomirlarida katta qon bosimlarini keltirib chiqaradi hamda yurak xurujining boshlanishiga ko‘proq xavf tug‘diradi.

Tadqiqotchilarning fikriga ko‘ra, jahl va adovat qondagi yallig‘lanish bilan bog‘liq oqsillarni ishlab chiqarishni ham boshlashi mumkin. Psychosomatic Magazine (Psixosomatik tibbiyot) jurnalining ta'kidlashicha, hissiyotga berilish yallig‘lantiruvchi oqsillarning ishlab chiqilishini yuzaga keltiradi. Bu, o‘z navbatida, arteriya qon tomirlarining qattiqlashishini, yurak og‘rig‘ini va miyaga qon quyulishini keltirib chiqaradi. Shimoliy Karolina shtatidagi Dyuk universiteti Tibbiy markazida faoliyat ko‘rsatuvchi professor Eduard Suarezning fikriga ko‘ra, interleykin 6 oqsili jahldor va ruhan siqilgan erkaklarda ancha yuqori bo‘ladi. Interleykin 6 yuqori qon darajasi ateroskleroz - arteriya qon tomirlari devorlarining ichki tomonida yog‘li qatlamning paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Suarezning aytishicha, yurak xastaligi chekish, yuqori qon bosimi, juda semizlik va yuqori xolesterin kabi omillar bilan birga, ruhiy tushkunlik, jahl va adovat kabi psixologik vaziyatlarga ham bog‘liqtsir.

The Times gazetasida chop etilgan «Jahl yurak xuruji xavfini oshiradi» nomli boshqa bir maqola serjahllik yurak xurujiga olib boruvchi eng qisqa yo‘l bo‘lishi mumkinligi va achchiqlanib stressga tushadigan yosh erkaklar bemavrid yurak xastaligiga uch marta ko‘proq chalinishi mumkinligi hamda besh marta bevaqt yurak xurujini orttirishi mumkinligini ma'lum qiladi. Merilend shtati, Baltimor shahridagi Jon Hopkins universiteti olimlari jizzaki, jahldor erkaklar hatto ularning oila tarixida yurak xastaligi qayd qilinmagan bo‘lsa ham, yurak xuruji xavfi ostida ekanliklarini aniqlashdi.

Mavjud barcha tadqiqotlar jahlning ruhiy bir holat ekanligini, uning inson sog‘ligiga jiddiy shikast yetkazishini tasdiqlaydi. Aksincha, kechirimlilik, hatto u odamlarga og‘ir botsa ham, quvontiradigan, yuqori darajali axloqiy ko‘rinish bo‘lib, jahlning barcha zararli oqibatlarini bartaraf etadi va kishiga ham ruhan, ham jismonan sog‘lom hayot kechirish uchun yordam beradi. Kechirimlilik xulqning bir shakli bo‘lib, kishi u orqali o‘z sog‘ligini yo‘qotmasligi mumkin va u hammaning qalbida bo‘lishi kerak bo‘lgan ezgu xislatdir. Biroq kechirimlilikdan haqiqiy maqsad har qanday holatda ham Allohni shod etadigan bo‘lishi darkor. Bunday odobning fazilati va uning ilmiy jihatdan e'tirof etilgan foydalari Qur'onning juda ko‘p oyatlarida nozil qilinganki, bu Qur'onda mavjud ko‘plab donolik timsollaridan bir shingil, xolos.

Manba: Islom.ziyouz.com

5 ta ovoz
Ovoz berish:
1 2 3 4 5