Shifo.uz Bekajon KIYINISH TARTIBINING SOG'LIKKA TA'SIRI

KIYINISH TARTIBINING SOG'LIKKA TA'SIRI

KIYINISH TARTIBINING SOG'LIKKA TA'SIRI

Sochlar insonga husn va fayz beruvchi vosita bo‘lishi bilan bir qatorda, ma’lum vazifalarni ham bajaradi. Odamda sochlar bir oyda o‘rtacha 12 mm o‘sadi. Insonning bir tola sochi 7 yil umr ko‘radi. Sochlar 16 dan 24 yoshgacha, shuning-dek yozda va uyqu paytida tezroq o‘sadi.

Boshni har xil ro‘mollar bilan chirmab o‘rash yoki faslga mos kiyinmaslik oqibatida ichki issiqlik ta’sirida kimyoviy jingalak qilinganda, haddan ziyod ko‘p bo‘yalganda sochlar zararlanadi. Ular rangsiz ingichka bo‘lib, uchlari gullab ketadi. Sun’iy tolalar bo‘lgan bosh ki-yim kiyish, sochlarni ro‘mol bilan qattiq o‘rash oqibatida, ularning tabiiy nafas olishi buziladi. Bosh, bo‘yin terisida salbiy o‘zgarishlar paydo bo‘lib, achishish, qichishish kabi belgilar, ya’ni terining yallig‘lanishi yuzaga keladi. Soch-lar noziklashib, ularning go‘zalligiga putur etadi.

40-50 yoshlar orasidagi ayollarda me’yor bo‘yicha sochlar 20 foizgacha to‘kilishi mumkin. Ammo, sochlarning tabiiy nafas olishi buzilganda bu jarayon avvalambor erta yoshlarda boshlanadi va to‘kilish foizi ortib boraveradi. Ya’ni, kallanish yuzaga keladi.

Aslida sochning o‘zagi ona qornidagi hayotning beshinchi oyida tashqariga chiqadi. Bu birinchi momiq sochlar bo‘lib, ular keyin-chalik to‘kilib ketadi. Sochlarning bunday tariqada almashinishi umr davomida bir necha marta ro‘y beradi. -U-larning rangi ham shu vaqt davomida o‘zgarib boradi. Balog‘atga etish davridagina soch-lar doimiy ko‘rinishga ega bo‘ladi.

Bolalarda 3-4 yoshga kelib sochlar qalinlashadi, ularning elastikligi, pishiqligi oshadi. 10-11 yoshda esa bu jarayon tobora sekinlashadi. Lekin, xuddi mana shu davrda bolalarning bosh kiyimiga alohida e’tibor berish zarur. Ayniqsa, qizlarning boshlarini har xil tolali ro‘mollar bilan chirmab o‘rash yaxshi oqibatlarga olib kelmaydi. Sababi, qizlarning boshlarida soch tolalarining o‘sishida buzilishlar yuz beradi. Soch-larning nafis go‘zalligi, chiro-yiga putur etadi.

Darhaqiqat, soch rangi uning po‘stloqli qatlamidagi pigmentlar, shuningdek, ichki va po‘st-loqli qatlamlaridagi "havo" pufakchalariga bog‘liq. Soch insonga go‘zallik baxsh etibgina qolmay, bosh terisini noxush tashqi ta’sirlardan himoya qilib, issiqni o‘tkazmaydi, shu tufayli soch bosh sovuqqotishidan, issiq kunlarda esa isib ketishdan saqlaydi.
Ayniqsa, sochlarning erkinligi buzilsa, nafas olishiga halaqit berilsa, u noziklashadi, ingichkalashib sinuvchan va to‘kiluvchan bo‘lib qoladi. Sun’iy tolalardan tikilgan ro‘mollar bilan boshni siqib o‘rab yurish natijasida sochlar noziklashadi. Shuning uchun ham inson fasl-ga, urf-odatlarga mos qilib bosh kiyim kiysa sochlari hech qachon o‘z go‘zalligini yo‘qotmaydi. Og‘ir bosh kiyimlarni kiyish, boshda og‘ir narsalarni ko‘tarib yurish, boshga biron-bir predmetning doimiy ishqalanishi ham soch o‘sishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

Bosh kiyimni kiyishni bilmaslik ortiqcha terlashga olib keladi, natijada bosh va bo‘yin sohasida chipqon kabi kasalliklar yuzaga kelishi mumkin va terida yog‘larni ajralib chiqishining kuchayishi natijasida yog‘li odamlarda seboreya (yog‘li teri) kasalligi avj oladi. Bunday odamlarda garmonlar, mikroelementlar va vitaminlarning sarf-lanishida buzilishlar ro‘y beradi.

Teri – organizmning eng ulkan a’zosi hisoblanadi. Katta yoshdagi odam terisi tananing 8 foizini tashkil etib, hajmi 1,5-2 kv metrga tengdir. Teri odamni tashqi ta’sirlardan saqlabgina qolmay, salomatligimiz haqidagi "so‘zlaguvchi" o‘ziga xos "monitor" yoki oyna hisoblanadi. Teri og‘riqni sezish, ter ajratish, issiqlikni saqlash, vitaminlar ishlab chiqish kabi xilma xil vazifalarni bajaradi. Hatto, immunitet yaxshilanishida ham o‘rni katta.

Teri tashqi olamning har bir o‘zgarishlariga ta’sirchan bo‘ladi. Bundan tashqari, bu a’zo orga-nizm-da suv, yog‘, mineral moddalar almashinuvida yordam beradi, ter ajratish xususiyati yordamida esa zaharli chiqindi moddalardan xolos qiladi.

Ayniqsa, ularning miqdori yosh, navqiron o‘g‘il-qizlarda keksalarga nisbatan 6-7 barobar ko‘proq bo‘ladi. Shuning uchun ham yog‘ bezlarining faoliyati o‘zgarishiga qarab husnbuzar toshadi va ular bemorning yuz, peshona, iyak, hatto boshning soch-li qismiga chiqadi. Ko‘krak va elka terisi ham bundan mustasno emas. Ayollar terisi erkaklarnikiga qaraganda nozikroq bo‘ladi. Aksincha, teri ostidagi yog‘ qavati ayollarda biroz qalin sanaladi.

Homiladorlik davrida ayollarning terisi progesteron garmonining ta’siri ostida kengayadi. Aytish joizki, ayollarning terisi ta’sirchanlikka juda sezgir hisoblanadi. Shuning uchun noto‘g‘-ri kiyinish, libosni bilib-bilmasdan tanlash teridagi ba’zi kasalliklarga sabab bo‘ladi. Bundan tashqari tor kiyim ki-yish, boshni bo‘yin bilan qo‘shib tortib o‘rash ham teridagi, qolaversa tananing bosh qismini qon bilan ta’minlash jarayonini buzadi. Oqibatda ayol kun bo‘yi o‘zini quvvatsiz sezib yuradi. Ba’zan, boshi zimdan og‘rib, ko‘ngli aynaydi. Ayniqsa, yosh qizlar bunday holatlarga sezuvchan bo‘ladi.

Yuqorida ta’kidlaganimizdek, odam terisi ma’lum miqdorda nafas olishda ishtirok etadi, yog‘ va ter bezlari or-qali moddalar almashinishi yuz beradi. Bosh kiyimni tor qilib o‘rash jarayonida terining aytib o‘tilgan fiziologik xususiyatlari buziladi. Teri sat-hidagi me’yoridagi kislota ishqor balansi (erkakda – 5,4, ayolda – 5,7) mustahkamligini yo‘qotadi.

Ayniqsa, bo‘yin sohasidagi namlikning oshib ketishi natijasida osilib turuvchi so‘gallar paydo bo‘ladi. Terida stafilokokk va streptokokk kabi mikrob-lar miqdori keskin ortib ketadi. Oqibatda, yuzning ikki lunjiga, mang-lay, peshona va burun, jag‘ terisiga maddali (yiringli) toshmalar toshadi. Ular yaqqol ko‘zga tashlanib, avval yorqin qizil rangda, keyinchalik ko‘kimtir-qizil tusga kiradi, yirikroq yiringli maddalar, keyinroq esa shishlar paydo bo‘ladi. Ularning terisidan yoqimsiz hid keladi. Bu holat albatta ruhiy buzilishlarga olib kelishi mumkin. Yuqoridagi holatlardan ayrimlari sog‘ligingizga putur etkazsa tezda shifokorga murojaat qiling. Chunki har qanday dardning oldini olish o‘zingizga bog‘liq.

Xulosa o‘rnida aytish joizki, har bir inson yoshi, jinsi va faslga qarab kiyin-sa doimo sog‘lom bo‘ladi.

SH. IBROHIMOV, Respublika ixtisoslashtirilgan Dermatologiya va venerologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori, E. EShBOEV, professor, Mikrobiologiya bo‘limi rahbari.KIYINISH TARTIBINING SOG‘LIKKA TA’SIRI

Manba: uzssgzt.uz

3 ta ovoz
Ovoz berish:
1 2 3 4 5