Shifo.uz Yangiliklar Ko'zga rohat beruvchi suratlar

Ko'zga rohat beruvchi suratlar

Ko'zga rohat beruvchi suratlar

Har kuni shovqin-suronli shaharlarda istiqomat qilib, axborot to‘lqinida suzayotgan kishilar bu axborotlar oqimidan toliqishi tabiiy. Siz ham shunday zamonda va makonda yaxshayotgan bo‘lsangiz, quyida e’tiboringizga havola etilajak minimalizm uslubidagi fotosuratlarda aks etgan go‘zallikni tomosha qilish orqali miyangizga dam berishingiz mumkin.

Bu janrdagi suratlarda ko‘p detal bo‘lmaydi. Bu janrdagi suratlarda ko‘p bo‘sh joy bo‘ladi. Ana shu bo‘shliqqa tikilib, tinchgina tikilib (biron sokin musiqa sadosi ostida bo‘lsa yana ham yaxshi), bu hayot haqida o‘ylab olishingiz uchun ko‘p vaqt bo‘ladi.

Bu suratlarni ko‘zdan kechira turib, hali oldinda butun bir hayot turganligi, bu hayotga bir burchakdan bo‘lsa ham yorib kirib, unda o‘z o‘rningizga ega bo‘lishingiz kerakligi, qanotlarimiz yo‘q bo‘lsa-da, qushlar saltanatiga uchib borishimiz mumkinligi, sariq sahrolar bag‘rini hayot istagida yashil o‘lanlar yorib chiqishi haqida va yana ko‘p o‘zingiz istagancha o‘ylarni qilishingiz mumkin.

Manba: Xabardor.uz

13 ta ovoz
Ovoz berish:
1 2 3 4 5