Shifo.uz Maqolalar KO‘P YEYISH ZARARLIMI?

KO‘P YEYISH ZARARLIMI?

KO‘P YEYISH ZARARLIMI?

"Har bir kasallikning negizida to‘qlik bor"
Hazrati Muhammad (s.v.a.)
Ko‘p eyilganda, oshqozon hazm uchun erituvchi fermentlarga ehtiyoj sezadi. Ferment ishlab chiqarishda tana qiynaladi va buning uchun ko‘p energiya hamda zarur oziq moddalar talab qiladi.
Sog‘lom kishi oshqozoni 200-250 gr. ovqatning birinchi hazmini- oziqa va hazm kuchiga qarab- 3 yoki 4 soat mobaynida jarayonni oxiriga etkazadi.
Ammo ikki barobar ovqat eyilsa-uni hazm qilish uchun, ortiqcha qismini zahira qilish, metabolzma salqitlarini tashlash uchun-yurak 4-6 marta ko‘proq ishlashga majbur bo‘ladi.
O‘sh odam ko‘p ovqat esa, tanasi quvvatli bo‘lgani uchun, uni hazm qiladi. Ammo ko‘p eyish odat tusiga kirib, tanani zo‘rlash davom etaversa, bu quvvat tugaydi. Vujuddagi ortiqcha moddalar omborlari to‘lganidan keyin esa, bu moddalar qonga aralasha boshlaydi. Bundan qon og‘irlashib, aylanishi sekinlashadi. Ortiqcha moddalar tomirlarning devorlariga yopishib, vaqt o‘tgan sayin tomirlar toraya boshlaydi. Toraygan tomirlardagi qon a’zolarini etarli darajada ta’minlay olmaydi.
Qon aylanishdagi qusur tufayli kishida fikrni jamlash, xotira, tushunish, anglash va o‘rganish qobiliyati kamayib, tanada kasalliklar bir-bir o‘zini ko‘rsata boshlaydi. Fikr uxlaydi, hikmat o‘ladi, a’zolar to‘xtaydi, insoniy sifatlar sekin-asta yo‘qoladi.
Unutmang! Payg‘ambarimiz (s.a.v.) "Sizning Ollohga eng sevimlilaringiz eyishi oz va badani oriq bo‘lganlaringizdir" va "...ochko‘z (ko‘p ovqat eydigan) va qorni katta bo‘lganlar jannatga kira olmaydi", deb bejiz aytmaganlar.
Hech qachon sut bilan baliqni, nordon narsani tuxum va go‘shtga aralashtirib emanglar.
Hoji MUROD tayyorladi

"Termiz oqshomi" gazetasi

2 ta ovoz
Ovoz berish:
1 2 3 4 5