Shifo.uz Maqolalar Ko'zingizni asrang

Ko'zingizni asrang

Ko'zingizni asrang

Unutmang: ko'zingizning pirpirashi bu B6 vitaminining, og'rishi esa B2 vitaminining yetishmasliginidan habar beradi. Ko'zingizning pirpirashini davolash nafaqat sizning nerv sistemangizni tiklash bilan, balki to'g'ri ovqatlanish bilan ham davolaniladi.

Avvalombor ko'zning o'tkirligini va  ko'rish qobiliyatini kuchaytirish uchun bizga A, B, C gruppa vitaminlari va kaliy kabi elimentlarga muhtoj bulamiz. A vitamini asosan ko'zning to'r pardasidagi vitamin yetishmovchiligini taminlaydi, bu esa ko'zning o'tkirligini oshiradi. Asosan to'q sariq savzovotlar va mevalar A vitaminiga boy bo'ladi. Hamda sabzi, o'rik, shaftoli va bolg'ar qalampiri ham.

Iloji boricha C vitaminiga boy bo'lmish yangi yoki muzlatilgan chernikadan iste'mol qiling. U ko'zning mushak tonusini mustahkamlaydi.

B vitaminlariga boy bo'lmish go'sht, baliq va boshoqli o'simliklar esa nerv hujayralari uchun ozuqa, kamqonlikni davolaydi va kislorod harakatini tezlashtiradi. Hamda sut, quruq mevalar va go'sht mahsulotlardan oladigan kaliy esa ko'zning qarishini oldini olib, ko'z imunitetini ko'taradi.

Ko'z tomirlarini mustahkamlashda namatak, do'lana yoki chernika qaynatmasi juda foydali. Agarda nahorga, och qoringa sabzi sharbatidan ichib turilsa, bir oydan so'ng sizning ko'rish qobilayatingiz sezilarli darajada o'zgaradi.

Manba: Gippokratlechit.com (Sardor Abdakimov tarjimasi)

2 ta ovoz
Ovoz berish:
1 2 3 4 5