Shifo.uz Xalq Tabobati Malina haqida

Malina haqida

Malina haqida

Malinani xush ko‘rmaydigan odam bo‘lmasa kerak. Mevalaridan tayyorlangan ichimliklar va malina choyi o‘zining xushxo‘rligi hamda shifobaxshligi bilan ajralib turadi. Uning tarkibida organik kislotalar, efir moyi, V, R, S vitaminlari, karotin, qand, kaliy tuzlari, pektin, shilliq, bo‘yoqlar, to‘yintiruvchi moddalar mavjud.

Ibn Sino shamollagan, gripp bilan ka­sallangan bemorlarga isitma tushiruvchi vosita sifatida malinaning mevasi, barglari va gullaridan damlama tayyorlab ichishni tavsiya etgan.

Xalq tabobatida malina ishtaha ochuvchi, ovqat hazm qiluvchi, terlatuvchi, ichki va tashqi qonni to‘xtatuv­chi, o‘pka shamol­lagan­da balg‘am ko‘chiruvchi, isitma tushiruvchi omil sifatida qo‘lla­ni­ladi. Yangi uzilgan malina mevasini muzlatilgan holda ham saqlasa bo‘ladi. Undan qiyom, murabbo, jele, marmelad, sharbat tayyorlab, istal­gan vaqtda iste’­mol qilish mumkin. Barg­larini choy o‘rnida damlab ichish tanga rohat bag‘ishlaydi.

Husnbuzar, qizamiq, ekzema va turli toshmalarda, teri kasalliklarida mali­na­dan tashqi va ichki muolaja qilish lo­zim. 1 stakan qaynagan suvga 10 gramm maydalangan malina barglaridan solib, 0,5 soatga tindirib qo‘yiladi. Ushbu damlamani ichish yoki paxtani shimdirib, kasallangan joyga qo‘yish mumkin.

Malina barglaridan tayyorlangan choy vitaminga boydir. Bo‘g‘in va buyrak kasal­lik­larida, shu­ningdek, allergiyasi bor­larga malina me­va­sidan iste’mol qilish tavsiya etil­maydi.

Manba: "Do'stlik bayrogi" gazetasi

7 ta ovoz
Ovoz berish:
1 2 3 4 5