Shifo.uz Maqolalar Mijoz sustligi haqida

Mijoz sustligi haqida

Mijoz sustligi haqida

Mijoz sustligi, jinsiy zaiflik, impotensiya – normal jinsiy aloqa qila olmaslik. Bunday holat jinsiy funksiyaning buzulishiga, jinsiy maylning susayishi yoki yo’qolishi, jinsiy olat(zakar)ning to’lishib, tarang tortmasligi(ereksiya) va shaxvat kelmasligi (eyakulyatsiya)ga aloqador bo’lishi mumkin. Mijoz sustligining sabablari jinsiy organlar, endokrin sistema, periferik nervlar bosh miya oily bo’limlarini buzilishiga bog’liq. U mustaqil kasallik bo’lmay, balki odatda azaldan mavjud kasallik yo’ldoshi bo’lib boradi. Chunonchi M. s. bosh miya yoki ayrim ichki sekretsiya bezlari o’zgarishlar tufayli ro’y bergan ba’zi endokrin kasalliklarda, olatga boradigan nerv tolalari, orqa miya shikastlanganda(olat to’lishib, tarang tortmaydigan hollarda) uchraydi. M.s ning eyakulyatsiya buzilishidan, yani bemavrut shaxvat kelishidan iborat ko’rinishi, odatda boshqa alomatlarga qaraganda ertaroq boshlanib, bu turdagi urologic kasalliklarga ham, qovuq ishi va jinsiy funksiyalarni idora etadigan , bosh miyada joylashgan nerv markazlari faoliyatining  aynashiga ham bog’liq bo’lishi ham mumkin. Eyakulyatsiya buzilishi turlicha kechadi: ba’zan juda tezlashgan (bunda jinsiy aloqa endi boshlanishi bilan yoki hatto boshlanmasdan turib shaxvat kelib qoladi) yoki sekinlashib pastlanib qolgan bo’lishi mumkin(bunda bazan shaxvat umuman kelmaydi). Bir qancha hollarda eyakulyatsiya jinsiy aloqadan tashqari bo’lib o’tishi, masalan, odam transportda ketib turib silanganda yoki xirsni qo’zg’atadigan sharoitga tushib qolganda kelishi mumkin. Ko’pgina seksopotologlarni fikricha, M.S. aksari oily nerv faoliyatini buzilishiga, jumladan tug’ma va turmushda ortirilgan asabiy-ruxiy kechinmalar(nevroz, turli kasalliklar vaqtidabo’ladigan nevrotik holat, har xil tushkunliklar va boshalarga) bog’liq bo’ladi. Kishi ruhan ezilganda jinsiy tomonga aksari ko’proq ozor yetadi. Shuning uchun bunday qaraganda jinsiy tomonga aloqasi yo’qdek bo’lib tuyiladigan omillar(xaddan tashqari charchash, uyquga qonmaslik, ishxonadagi og’ir manaviy vaziyat va boshqalar)  uzoq ta’sir qilib turganida umumiy nevrotik o’zgarishlar(tajanglik, salga charchab qolish, uyqu buzilishi va boshqalar) bilan bir qatorda jinsiy tomonga ta’luqli o’zgarishlar ham paydo bo’ladi. M.s. ko’pincha spirtli ichimliklarga ruju qo’yish( qisqacha Alkogolizm), shuningdek jinsiy buzuqlik oqibatida ro’y berishi mumkin.

                M.s. og’ir kechinmalar va er-xotin o’rtasiga sovuqlik tushib qolishiga sabab bo’ladi. Shuning uchun kishi mijozi o’zgarib qolganida seksopotolog mutaxassisga yoki seksologik mutaxassisga yoki seksologik mutaxassisga yoki seksologik kasallarni qabul qiluvchi boshqa ixtisosdagi shifokorga borishi kerak. Bir qancha xollarda soxta impotensiya kuzatiladi. Bunday xolat odamning o’zidagi ba’zi fiziologik o’zgarishlar(mas. Yoshga aloqador o’zgarishlar) munosabati bilan jinsiy hayotning qovushmasligini noto’g’ri talqin qilishidan, o’z juftining sovuqroq munosabatda bo’lishi va boshqalardan kelib chiqadi. Ana shunday paytlarda tegishli mutaxassisga uchrashib, undan kerakli maslahat, yo’l yo’riqlar olish jinsiy hayotni izga tushib ketishiga yordam beradi. Boshqa xollarda M.s sababini aniq belgilab, maxsus davo olish uchun (fizioterapiya, psixoterapiya, dori-darmonlar bilan) kishi o’zini yaxshilab tekshirtirib ko’rishi zarur. Shuni unitmaslik kerakki, o’z vaqtida shifokorga ko’rinib, tegishli davo olinsa , yaxshi naf beradi, aks holda M.s surunkali tus olishi mumkin. 

20 ta ovoz
Ovoz berish:
1 2 3 4 5