Shifo.uz So'ngi maqolalar Ming dardga davo limon

Ming dardga davo limon

Ming dardga davo limon

Quyosh nuriga to’yingan limon shifobaxshligi jihatdan bebaho nemat ekanligi hammaga ma’lum. Siz quyida uning asosiy xususiyatlari va dardlarini davolashda qanday ishlatilishi to’g’risida qimmatli ma’lumotlarni bilib olasiz. Umuman olganda limonning mevasi, tsedrasi, danagi va limon daraxtining po’stlog’idan uy sharoitida turli shifobahsh dorilar tayyorlash mumkin. Bu dorivorlar shamollashga qarshi, qon bosimi pasayib ketganda, toksinga qarshi, kamqonlikni bartaraf etishda, gijjalarni haydashda, organizmning himoya tizimidagi leykosidlarni faollashtirishda, qonni tozalash va qon ketishini to’xtatish maqsadida, siydik haydaydigan vegetativ asab tizimi quvvatini oshiruvchi vosita, qayt qilishiga, qichishishga zaxarlanishga, bodga qarshi dorivor sifatida, tomir va mayda qon tomirlarini mustahkamlashda, oshqozon sekretsiyalari, jigar va oshqozon osti bezlarni yaxshilashda, podagrani davolashda, qurtlardan tozalashda, qondagi qand miqdorini kamaytirishda va boshqa dardlarga qarshi ishlatiladi.

Limonning diqqatga sazovor xususiyati shundaki, u toksinlarni teri orqali chiqib ketishiga yordam beradi, buyrakni tozalaydi. U gripp tarqatuvchi mikrob va viruslarni, shuningdek 20  ga yaqin turli bakteriyalarni qiradi.

Quyida shamollash kasalligiga qarshi limondan foydalanish usullari bilan tanishasiz.

Limonning foydalari

Limonning beminnat yordami nihoyatda katta. Erta nahorda bir yaproq limonni choyga solib ichsangiz kayfiyatingiz yengillashib ishtahangiz ochiladi. Buning sababi, limon inson qon tomirlariga juda tez ta’sir ko’rsatadi. Qon tomir kengayib normal ishlashi kayfiyatning ko’tarilishiga sabab bo’ladi. Limonni ishlatishdan oldin qaynoq suvga botirib olsangiz, uning xushbo’yligi ortib mazasi yaxshi bo’ladi.

Limonda vitaminlardan B1, B2, PP, qand moddasi, kaliy, kaltsiy, magniy, fosfor va temir tuzlari mavjud. Shuningdek organik kislotalar va vitamin C ga juda boy. Bosh og’riganda, yurak qisilganda, tumov bo’lganda limonli choy ichish nihoyatda foydali.

13 ta ovoz
Ovoz berish:
1 2 3 4 5