Shifo.uz Yangiliklar Mo‘’jizaviy ne’matlar

Mo‘’jizaviy ne’matlar

 Mo‘’jizaviy ne’matlar

Shunday oziq-ovqat mahsulotlari borki, ular inson organizmini yoshartirib, uzoq umr ko‘rishiga zamin yaratadi. Biz quyida inson hayotini uzaytirish xususiyatiga ega bo‘lgan mahsulotlar haqida ma’lumot berishga qaror qildik.

Olma shifobaxsh ne’matdir. Har kuni bittadan olma yeb turish alsgeymer kasalligini oldini oladi.
Baliq tabiatning bebaho in’omi hisoblanadi. Haftaning ikki yoki uch kunida baliq iste’mol qilishni unutmang. Bunday taomnoma sizni va oila a’zolaringizni yurak xastaliklaridan himoya qiladi.
Sarimsoqpiyoz oshqozon va ichak saratonining oldini oluvchi ajoyib vositadir.
Qulupnay organizmning immun tizimini mustahkamlaydi hamda qon aylanishini me’yorlashtiradi.
Sabzi tarkibidagi vitaminlar insonning ko‘rish qobiliyatini yaxshilaydi.
Achchiq qalampir moddalar almashinuvi jarayoniga ijobiy ta’sir etib, ozish imkoniyatini beradi.
Bulg‘or qalampiri lyuteloin moddasiga boy bo‘lgan sababli inson organizmida saraton hujayralarining rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi.
Banan tarkibida shakarning qonga singishini kuchsizlantiruvchi modda mavjud. Ushbu tropik meva qandli diabetga qarshi ajoyib profilaktikadir.
Soya - letsitin va V vitaminlari guruhi manbai hisoblanadi. Soya moyida esa inson organizmi uchun zararli moddalar umuman mavjud emas, aksincha unda turli kasalliklarga shifo bo‘luvchi elementlar serob.
Sut ostuoporoz (suyaklar mo‘rtlashishi) kasalliklaridan himoya qiladi. Gippokrat echki va biya suti silni, sigir suti bod va kamqonlikni davolashda muhim vosita ekanligini isbotlab bergan. U sut mahsuloti bilan yurak, o‘pka, jigar, oshqozon-ichak kasalliklarini va inson a’zolarini yog‘ bosish kasalliklarini muvaffaqiyatli davolagan. Atoqli olim S.P.Botkin o‘z tajribalari natijasida sut yurak va buyrak kasalliklarini davolashda asosiy malham bo‘lishini isbotlagan.
Yeryong‘oq yog‘i sifatli yog‘ hisoblanib, tarkibida 46 foiz olein kislotasi bor, keraksiz linol kislotasi 31 foizni tashkil qiladi. Tartibida V, A, Ye va D vitaminlari ko‘p bo‘lgan bu shifobaxsh moy tibbiyotda, ayniqsa, og‘riqni bosuvchi, oshqozon-ichak kasalliklariga duchor bo‘lgan bemorlarni tinchlantiruvchi vosita sifatida ham ishlatiladi.

2 ta ovoz
Ovoz berish:
1 2 3 4 5