- Yangiliklar
MOBIL TELEFONLARDAN FOYDALANING ammo, uning zararidan himoyalanishni unutmang!
Bugungi global rivojlanish davrini mobilÑŒ telefonsiz ko‘z oldimizga keltirish mushkul. Ayrim ma’lumotlarga qaraganda, bugun dunyoda 4,6 mlrd. abonent mobilÑŒ telefondan foydalanadi. Ayniqsa, keyingi yillarda uyali aloqa vositasi nafaqat gaplashish, balki boshqa maqsadlar uchun ham ishlatiladi. MobilÑŒ telefondan uzoq gaplashish yoshlar orasida keng tus olgan, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Uning organizmga zarari to‘g‘risidagi ilmiy xulosalar keng jamoatchilikka taqdim etilmoqda. Elektromagnit to‘lqinlardan nurlanishning salbiy ta’siri to‘g‘risida ko‘plab tadqiqot natijalari ma’lum qilinyapti.
Evropalik olimlarning ta’kidlashlariga qaraganda, 3 foiz odamlar yuqori elektrosezuvchanlik holatidan aziyat chekadilar. Bu degani ushbu insonlarning organizmi elektromagnit to‘lqinlarga o‘ta sezgir hisoblanadi. Bu xildagi to‘lqinlar birinchi galda bolalarda leykemiya, katarakta, miya o‘smasini keltirib chiqaradi, qon-tomir va asab tizimi faoliyatini buzadi, bu o‘z navbatida DNK tarkibi buzilishiga ham olib kelishi mumkin. Ma’lum bo‘lishicha, 1 mgts va undan yuqori radio to‘lqinlari to‘qimalarni qizdirish xususiyatiga ega. Hatto magnit maydoni ayrim bir bo‘lak to‘qimalarning haroratini 100S gacha ko‘tarishi mumkin ekan. Bu o‘z nav¬batida homilador ona qornida fertilÑŒ faoliyatni buzadi va garmonal fonni izdan chiqaradi. Evropa mamlakatlarida nurlanish darajasining ruxsat etilgan me’yori 2 Vt/kg, aynan ana shu daraja to‘qimalarni qizdirmaydi. MobilÑŒ telefonlarning zarari to‘g‘risida aniq dalillar bo‘lmasa-da, uning organizmga xavfi kundan-kun oshayotganligini dunyo olimlari va tibbiyot xodimlari ma’lum qilmoqdalar.
JPG formatida ko'chirib olish
Irlandiyalik tibbiyot xodimlari ma’lumotlariga qaraganda, mamlakatda mobilÑŒ telefon ishlatuvchilarning har 20 nafaridan biri uning zararidan aziyat chekar ekan. Ulardagi asosiy klinik belgilar quyidagilar, ya’ni charchash, fikrlashda chalkashlik, bosh aylanishi, uyqusizlik yoki uning buzilishi, ko‘ngil aynashi, terida sezgirlik oshishi bilan kuzatilmoqda. Ularning fikricha, bunday holat mobilÑŒ telefoni ko‘p tarqalgan boshqa davlatlarda ham uchraydi. Angliyalik olimlar ham telefonning organizmga zarari to‘g‘risida amalga oshirgan ilmiy izlanishlari mahsuli sifatida, uning zarari birinchi galda terida ekzema, astma, qon hujayralari buzilishi, erkaklik faoliyatiga, ayniqsa o‘suvchi organizmga salbiy ta’siri to‘g‘risida ma’lumot beradilar. Hatto Angliyada bolalar uchun maxsus ishlab chiqilgan mobilÑŒ telefonlarning sotilishi ham to‘xtatilgan. Finlandiya¬lik olim Kari Yokela (Kari Jokela) telefondan nurlanish birinchi galda hujayralar faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi haqida yozadi.
Avtomobilni boshqarish jarayonida mobilÑŒ telefondan foydalanish natijasida avtohalokatlar soni oshishi qayd etilmoqda. To‘g‘ri, telefon bugun bizning uzog‘imizni yaqin qiladi, vaqtimiz va asabimizni asraydi, farzandlarimiz qaerda va nima ish bilan shug‘ullanib yurganini bir zumda bilib, xotirjam bo‘lamiz. Gap, mobilÑŒ telefonni umuman rad qilish to‘g‘risida emas, balki undan oqilona foydalangan holda zararidan saqlanish to‘g‘risida borayapti.
Telefondan nurlanish, ayniqsa, chaqiruv gudogi ketayotganda nisbatan ko‘proq yuz beradi. Buning uchun telefonni quloqdan 10 sm.ga uzoqlashtirsangiz nurlanish darajasi 100 marotaba kamayadi. Bundan tashqari, gaplashganda telefonni 1 sm uzoqlikda ushlash maqsadga muvofiqdir. Ilmiy xulosalarga qaraganda telefonning miya hujayralariga salbiy ta’siri 13-15 soniyadan keyin boshlanar ekan. Shu boisdan imkon darajada tez yoki quloqdan uzoqroqda tutib gaplashgan ma’qul.
Telefondan nurlanish, chaqiruv gudogi ketayotganda ko‘proq yuz beradi. Buning uchun telefonni quloqdan 10 sm.ga uzoqlashtirsangiz, nurlanish darajasi 100 marotaba kamayadi. Bundan tashqari, gaplashganda telefonni 1 sm uzoqlikda ushlash maqsadga muvofiqdir. Ilmiy xulosalarga qaraganda, telefonning miya hujayralariga salbiy ta’siri 13-15 soniyadan keyin boshlanar ekan. Shu boisdan imkon darajasida tez yoki quloqdan uzoqroqda tutib gaplashgan ma’qul. Ushbu salbiy ta’sir bolalarda ko‘proq kuzatiladi, sababi – birinchidan bola miyasi kichkina, ikkinchidan bosh suya¬gi hali mo‘rtroq, uchinchidan esa faol rivojlanish davrida bo‘ladi. MobilÑŒ telefon apparatini bel kamarida, shim cho‘ntagida olib yurish tavsiya etilmaydi. Bu ayniqsa reproduktiv salomatlikka salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Bilamizki, jinsiy hujayralar elektromagnit to‘lqin ta’siriga o‘ta sezuvchan bo‘ladi. Ma’lumotlarga qaraganda, mobilÑŒ telefon erkaklar shim cho‘ntagida turganda, bir sutkada 20-25 foiz jinsiy hujayralarni o‘ldirishi mumkin. Yoshlar mobilÑŒ telefondan ertalab uyqudan uyg‘otuvchi ko‘ng‘iroq sifatida ham foydalanadi va bosh qismiga yaqin joyda qoldiradi. Miya hujayralari nurlanishga, ya’ni jinsiy hujayralarga nisbatan kam sezuvchan bo‘lsada, uxlash xonasida telefonni hatto o‘chirilgan holda qoldirish tavsiya etilmaydi. Ayrim hollarda bolalar telefonni yostig‘i tagiga qo‘yib ham uxlaydi, bu umuman mumkin emas. Qolaversa, mobilÑŒ telefondan, hatto uy telefonidan ham uzoq muddat gaplashuvchilar organizmi immun tizimini xavf ostiga qo‘yadi. Organizmning har xil kasalliklarga va tashqi muhit ta’sirlariga qarshilik darajasi susayadi. Telefon trubkalaridan chiqayotgan elektromagnit va radio to‘lqinlar birinchi tananing bosh qismi to‘qimalari tomonidan, xususan miya to‘qimalari, ko‘z to‘r pardasi, ko‘rish va vis¬tibulyar tizimi eshitish analizatorlari tomonidan singdirib olinadi. Elektromagnit to‘lqinlar to‘qimalarga singib, ularning qizishiga olib keladi va asta-sekinlik bilan butun organizm faoliyatiga xususan asab tizimiga, yurak qon-tomir va endokrin tizimga salbiy ta’sir qiladi. Rossiyalik olimlar sichqonlarda o‘tkazgan tadqiqotlari jarayonida mobilÑŒ telefonidan odatdagiga qaraganda 20 barobar nurlanishni kuchaytirganda, ularning ko‘rish qobiliyatlariga juda yomon ta’sir ko‘rsatganligi to‘g‘risida yozadilar. Ayniqsa, mobilÑŒ telefondan muntazam foydalanuvchi bolalar salomatligiga, xususan xotira va uyqu buzilishiga olib kelishi alohida qayd etiladi.
Londonda chiqadigan Independent gazetasida doktor Vini Kurana mobilÑŒ telefonning salbiy ta’siri tufayli yuzaga kelayotgan miya raki to‘g‘risida o‘z fikrini bildirib, uni "Hukm" deya ataydi. Agar bunday holatlarga chora ko‘rilmasa, yaqin 10 yil davomida butun dunyo bo‘yicha xavfli o‘sma kasalligi ko‘rsatkichi o‘sishi mumkinligini ogohlantirmoqda. Shuning¬dek, doktor Kurana insonlar mobilÑŒ telefonidan oqilona foydalanmasalar, uning zarari chekishdan ham yuqori bo‘lishini aytib o‘tadi. Negaki, ayni kunda jahon miqyo¬sida 1,6 mlrd. aholi cheksa, 4,6 mlrd. aholi mobilÑŒ telefonidan foydalanmoqda. Ushbu salbiy ta’sir bolalarda ko‘proq kuzatiladi, sababi – birinchidan bola miyasi kichkina, ikkinchidan bosh suyagi hali mo‘rtroq, uchinchidan esa faol rivojlanish davrida bo‘ladi. Ayrim hollarda bolalar telefonni yostig‘i tagiga qo‘yib ham uxlaydi, bu umuman mumkin emas. Qolaversa, mobilÑŒ telefondan, hatto uy telefonidan ham uzoq muddat gaplashuvchilar o‘z organizmining immun tizimini xavf ostiga qo‘yadilar.
Londonda chiqadigan Independent gazetasida doktor Vini Kurana mobilÑŒ telefonning salbiy ta’siri tufayli yuzaga kelayotgan miya raki to‘g‘risida o‘z fikrini bildirib, uni "Hukm" deya ataydi. Agar bunday holatlarga chora ko‘rilmasa, yaqin 10 yil davomida butun dunyo bo‘yicha xavfli o‘sma kasalligi ko‘rsatkichi keskin oshadi. Shuning¬dek, doktor Kurana inson mobilÑŒ telefonidan oqilona foydalanmasa, uning zarari chekishdan ham yuqori bo‘lishini aytib o‘tadi. Negaki, ayni kunda jahon miqyo¬sida 1,6 mlrd. aholi cheksa, 4,6 mlrd. aholi mobilÑŒ telefonidan foydalanmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, Evropa, AQSh va Kanada mamlakatlariga qaraganda, Rossiya va boshqa Mustaqil Hamdo‘stlik Davlatlarida energiya doirasi yuqori va tez ta’sir qiluvchi aloqa standartlaridan foydalanilar ekan.
Odatda odamlar telefonda gaplashayotganda uning zarari haqida emas, balki amalga oshirayotgan ishi to‘g‘risida o‘ylaydi. 70 foiz telefondan foydalanuvchilar kuniga 30 daqiqadan ko‘p gaplashadilar. 30 foiz kishi 2 tadan telefon olib yuradi, 40 foiz odam kechasi uxlaganda telefonni tananing bosh qisimidan 70 sm. uzoqliqda saqlaydi. Atigi 20 foiz foydalanuvchi uning zarari to‘g‘risida biladi. Xulosa sifatida aytish mumkinki, telefonning zarari to‘g‘risida aniq ilmiy dalillar etarli darajada bo‘lmasa-da, uning salbiy ta’sirini xech kim inkor eta olmaydi.
MobilÑŒ telefonning zararli ta’sirini kamaytirish uchun quyidagi tavsiyalarga rioya qilish zarur: 1. Vaqt bilan himoyalaning. Imkoni bo‘lsa, bir kunda 3 daqiqadan ko‘p gaplashmang. 2. Masofa bilan himoyalaning. Gaplashganda, telefonning tovush uzatgich moslamalaridan foydalaning. 3. Telefon chaqirayotganda va boshqa raqamni terayotganda uni bosh sohasi va quloqqa tutmay turing. 4. Avtomashinada mobilÑŒ telefondan imkon darajasida foydalanmang. Negaki, avtomobilning metall koplamasi ekran (to‘siq) rolini o‘ynaydi, aloqa qiyinlashadi va elektromagnit to‘lqin doirasi hamda miqdori oshadi. 5. Xuddi shunday metall garajlarda, temir-beton qoplamali uylarda ham shu holat kuzatiladi, iloji bo‘lsa oyna oldida yoki balkonda gaplashing. 6. Agar uyda, ishxonada odatdagi uy telefonlari bo‘lsa, mobilÑŒ telefondan foydalanmang. 7. Bolalar va o‘smirlarga zarurat bo‘lmasa, telefonda gaplashishni o‘rgatmang. 8. Asab tizimi va uyqusi buzilgan kishilar iloji bo‘lsa mobilÑŒ telefon ishlatmaganlari ma’qul. Yuqorida keltirilgan tavsiyalarga qat’iy rioya qilinsa, mobilÑŒ telefon va har qanday elektromagnit to‘lqinlarni chiqaruvchi elektr asbob-uskunalar Siz va atrofdagilar salomatligiga salbiy ta’sir qilmaydi.
Ibodulla ABDULLAEV, Respublika salomatlik va tibbiy statistika instituti xodimi, professor.
Manba: uzssgzt.uz
20 ta ovozOvoz berish: