Shifo.uz Maqolalar Momaqaymoqning shifobaxshligi

Momaqaymoqning shifobaxshligi

Momaqaymoqning shifobaxshligi

Momaqaymoqning tarkibida foydali moddalar ko'p . O'simlikning barglari hamda gulto'plarida ksantofillinlar - lyutein , va paraksantin , karotinoidli moddalar , vitamin B2 mavjud . Yangi chiqqan barglarining sut shirasida laktuserol , kauchuk , xolin , asparagin ,saponinlar , organik kislotalar , mumsimon moddalar bor . Momaqaymoqning ildizi tarkibida esa tarakserol , taraksol , taraksasterol, shuningdek sterinlar , 24 % inulin , 2-3 % kauchuk , yog'lar (palmitin , olein , linol , serotin kislotalaridan tashkil topgan glitserinlar kiradi) mavjud . Momaqaymoq xalq medetsinasida keng ko'lamda ishlatiladi . Jumladan uni ovqat haxm qilish organlarining faoliyatini tezlatuvchi vosita sifatida , ildizi va bargidan tayyorlangan damlama buyrak kasalligini davolashda , surgi dori hamda o't va siydik haydovchi omil sifatida ishlatiladi . Bundan tashqari momaqaymoq ildizidan tayyorlangan damlama jigar shamollashida , o't pufagi va me`da yallig'lanishida nafli hisoblanadi . Shuningdek u bavosilni ham davolashda tavsiya etiladi . Bunday damlama bilan tish hamda tomoq og'riganda og'iz chayqash , bargini maydalab uzum sirkasiga qo'shib so'gallarni ketkazish mumkin . Bargidan olingan shira kamqonlik , darmonsizlik va ko'krak qafasi kasalliklarini davolashda yordam beradi . Ilmiy medetsinada momaqaymoqdan tayyorlangan preparatlardan keng foydalaniladi .O'simlik ildizidan tayyorlangan quyuq ekstrakt yoki poroshok ishtaha ochuvchi , ovqat hazm bo'lishini yaxshilovchi , o't haydovchi dori sifatida , anasidli gastritni davolash uchun tavsiya etiladi . Shuningdek farmatsevtikada ham momaqaymoq o'simligidan foydalaniladi . Momaqaymoning dorivor mahsulotlari (ildizi va yer ustki qismi )odatda erta bahorda yig'iladi . Yig'ib olingan o'simlik ildizi sovuq suv bilan yuviladi , ochiq havoda so'litiladi , so'ngra bir qavat qilib quritiladi. O'simlikning barglarini esa havo almashib turadigan pana joylarda quritiladi . Uy sharoitida momaqaymoq o'simligidan damlama tayyorlash uchun og'zi yopiladigan idishga bir stakan qaynoq suv solinadi , uning ustiga o'simlikning maydalangan yer ustki qismidan yoki ildizidan 1 choy qoshiq olib 1 soat davomida damlanadi . U dokadan suzilib kuniga 3-4 mahal ovqatlanishdan yarim soat oldin chorak stakandan ichiladi .

21 ta ovoz
Ovoz berish:
1 2 3 4 5