- Xalq Tabobati
NOK TUSHKUNLIKKA, XURMO BO‘QOQQA QARSHI
Sog‘lom organizm o‘z-o‘zini boshqarish kabi ajoyib xususiyatga ega bo‘ladi. Agar biror-bir «nosozlik» ro‘y beradigan bo‘lsa, u darhol bu haqda bizga xabar beradi. Bunda organizmimizga yaqindan yordam berish uchun, jiddiy kasalliklarni oldini olish maqsadida u berayotgan signalga vaqtida e’tibor berib, zudlik bilan kerakli choralarni ko‘rishdir.
Petrushka organizmni tozalaydi
Yuvilgan petrushka ko‘katini mayda to‘g‘rab, ildizini qirg‘ichning mayda tishidan o‘tkazing va to‘g‘ralgan petrushka bilan aralashtiring. Hosil bo‘lgan bir stakan aralashmani kastryulkaga solib, ustidan 2 stakan qaynoq suv soling (agar ko‘kat bir stakandan kam bo‘lsa, suv miqdorini ham kamaytirish kerak). So‘ng qopqoqni yopib, bir sutkaga olib qo‘ying. Har kuni ertalab yarim stakan ana shu damlamadan iching. Muojala o‘n kun davom etiladi, so‘ng ikki kun dam berib yana qaytarish mumkin.
Asal jigarga yordam beradi
Jigar xastaliklariga chalingan bemorlarga shifokorlar 1 kg asalni 1 kg qora smorodina bilan aralashtirib, har kuni ovqatdan yarim soat oldin, bir osh qoshiqdan tanovul qilishni maslahat berishadi. Ushbu muolaja aralashma tugagunga qadar davom ettirilishi kerak.
Nok tushkunlikka qarshi
Duxovkada pishirilgan nok yoki nokli murabbo sizni yo‘taldan xalos etsa, yangi pishgan noklar tushkunlikka tushish holatlariga qarshi eng yaxshi vosita hisoblanadi. Shuning uchun shifokorlar tushkunlikka tushgan insonga konfet emas, aynan nok eyishni tavsiya qilishadi. Bundan tashqari, nok mevasi oshqozon kasalliklariga ham davo.
Xurmo bargi bo‘qoqqa davo
Ma’lumki, xurmo tarkibida yod bo‘lib, u bo‘qoq kasaliga davodir. Hovlingizda xurmo daraxti bo‘lsa, uning faqat mevalarini terishga shoshilmang. Chunki uning bargida ham yod bor ekan. Barglarni terib, quritib olib qo‘ysangiz, yilning istalgan faslida choy damlab ichishingiz mumkin bo‘ladi.
Piyoz grippni davolaydi
Gripp yoki qattiq shamollash kasalliklarini davolashda piyozni kosaga maydalab to‘g‘rab, eziladi va piyozli kosa ustiga engashib, boshga kattaroq ro‘mol yopib hidlanadi yoki piyoz shirasidan burunga 1-2 tomchi tomiziladi.
Bo‘g‘imlardagi og‘riqlar tinchlik bermasa…
Asal, suyuq xantal (gorchitsa), tuz hamda sodani bir xil miqdorda olib, bo‘tqa holiga kelgunga qadar yaxshilab aralashtiring. Ushbu aralashmani og‘riq joyiga qalin qilib surting, keyin paxta yoki yumshoq junli sharf bilan oyog‘ingizni o‘rang. Shundan so‘ng oyoqlarni bint bilan o‘rab, bir-ikki soatga dam oling. Xuddi boshqa kompresslarga o‘xshab, bu muolajani ham uyquga ketishdan oldin qilish tavsiya qilinadi. Agar siz muolajani ketma-ket 4-5 marotaba takrorlasangiz, yaxshi natijaga tezroq erishasiz.
To‘satdan boshingiz og‘risa...
- Peshana va chakkalarga limon po‘stlog‘ining ichki tomonini surting.
- Apelьsindan bir necha tomchisini dastro‘molingizga tomizing va 10-15 daqiqa hidlab turing. Dastro‘molni bosh tomonga qo‘yib uxlasa ham bo‘ladi.
- 1 choy qoshiq quritilgan yalpiz barglari ustidan 1 stakan qaynoq suv solib, biroz dam bering va so‘ngra iching.
Olma oshqozon faoliyatini yaxshilaydi
Quritilgan olmani go‘shtqiymalagichdan chiqarib, qaynatiladi va ta’bga ko‘ra ozgina shakar solib damlanadi. Asal qo‘shib ichiladi. Ushbu choy ichdagi qabziyatlarni yo‘qotadi va oshqozon faoliyatini yaxshilaydi.
Berilgan tavsiyalar sog‘liq uchun zararsiz bo‘lishiga qaramay, ularni qo‘llashdan avval shifokoringiz bilan maslahatlashing.
Nargiza Giyosova tayyorladi
Manba: Bekajon.uz
2 ta ovozOvoz berish: