Shifo.uz Hayot darsi O'tgan kunga afsus yoki kelajak orzusidan qutulish.

O'tgan kunga afsus yoki kelajak orzusidan qutulish.

O'tgan kunga afsus yoki kelajak orzusidan qutulish.

Hozirda ko’p odamlar o’zlarining kelejak orzulari bilan yashaydi. Keyingi yil falon biznesni boshlayman, uy olaman, moshina olaman. Va shu kabi har kimning aqlini bir chekkasida ushlab turadigan rejalari bo’ladi. Agar siz shunday toifadan bo’lsangiz, shuni bilingki, Siz naqd bo’lgan bugunni qo’ldan beryapsiz. Ya’ni Siz xayolan kelajakda yashayapsiz. Ammo hozirda yashamayapsiz. Bu degani, mutlaqo kelajak haqida o’ylamang degani emas. Masalan, qish fasli kelishidan oldin unga tayyorgarlik ko’rib murobbo tayyorlaymiz. Yoki qishki kiyimlar olamiz. Bu ishlarni bajarish qo’limizdan kelsa darhol qilishimiz kerak. Gap bu haqda emas. Ammo, shunday odamlar borki, qo’lidan kelishi aniq bo’lmagan ishlarni orzusi bilan yashaydi.

Kelajakni rejasi bilan yashagan odamning miyasi hamisha band bo’ladi. Ular hayotdan bahra ololmaydi. Bir kun kelib qarasa, shu orzular bilan soch soqoli oqaribdi. Ammo orzusiga yetgan sayin orzular ham ko’payib ketaveradi.

Unutmang, Bir ehtiyojni qondirsangiz, shu ehtiyojingiz yana ko’proq ehtiyojlarni keltirib chiqaradi.

Faraz qiling, Telefonga ehtiyoj paydo bo’ldi, Siz uni oldingiz. Keyin, yaxshiroq smartfon olish orzusi paydo bo’ldi. Uni ham oldingiz. Endi, smartfon orqali internetga ulanish ehtiyoji tug’iladi. Internetga ham ulandingiz. Endi, dasturlar, o’yinlar,… xullas smartfonni yangi modelini ko’rasiz…. Xullas, orzularingiz avj olaveradi….

Aqqli bo’lay desangiz, o’tganni butunlay unuting, Kelajakni ham o’ylamang, O’zingizga ayting: “Men hozirgi lahzada yashayapman, va men hozirda tirikman”

Qilmoqchi bo’lgan ishingizni BUGUNdan boshlang.

Ko’pchilik aytgandek - “ertadan boshlayman, falon kundan boshlayman” deyish o’zingizni aldash xolos. Bunday deydiganlar qiladigan ishini boshlay olmay yuraveradi.

Agar sizga ham birov aytsaki, “Keyinroq qilamiz, keyingi oy, keyingi yil qilamiz” va shunga o’xshash va’dalar bersa, shuni bilingki, u o’zini va sizni aldayapti. Unday odamlar doim ishini orqaga tashlab yuradiganlardir. O’tganni o’ylama, chunki, endi u yo’q, Kelajakni o’ylama, hali u seniki emas. -  Mark Avreliy

Manba: Aql.uz

8 ta ovoz
Ovoz berish:
1 2 3 4 5