Shifo.uz Xalq Tabobati O‘SIMLIKLAR NIMA DEYDI?

O‘SIMLIKLAR NIMA DEYDI?

O‘SIMLIKLAR NIMA DEYDI?

Tabiatning o‘zi tabib, -deydi dono xalqimiz. Unda mavjud bir tikan borki, turgan bitgani davo. Turmushimizda ko‘p uchraydigan shamollashni davolash uchun behud asab buzish, ortiqcha sarf-harajat qilib dorixonaga borishga shoshilmang. Shu asnoda ona tabiatimizda o‘sadigan, yetishtiriladigan o‘simliklar o‘zining o‘rni borligi haqida so‘zlaydi. Masalan, butguldoshlar oilasiga mansub, bo‘yi 40-120 santimetrgacha o‘sadigan ko‘p yillik o‘simlik bo‘lgan xrenning soch va qoshni yaxshi o‘stirishi haqida eshitganmisiz?! Xrenning ildizidan ayniqsa, shamollash, o‘pka va nafas yo‘llarini davolashda ishlatiladi. Uning quritilmagan ildiz shirasi yoki ezilgani va ildiz qaynatmasi xalq tabobatida ishtaha ochish, ovqat hazmini yaxshilash va siydik haydashda keng qo‘llaniladi. Huddi shu oilaga mansub xantaldan ham, balg‘am ko‘chiruvchi vosita sifatida foydalanilgan.

Ma’lumot o‘rnida shuni aytish mumkinki, Abu Ali ibn Sino xantal urug‘i bilan bod, belangi va turli shamollash bilan bog‘liq bo‘lgan kasalliklarni davolagan.
Xantaldan olinadigan efir moyining 2 %li eritmasi bod, miozit, bronxit, nafas yo‘llari va revmatizm kasalliklarini davolashda ishlatiladi. Urug‘ining kunjarasi yoki kukunidan shifobaxsh vanna qilinadi.Bunday vannalar shamollashda ko‘p ishlatiladi. Bundan tashqari xushbo‘y shivit tarkibida ham ko‘p miqdorda C vitamini, B1, B2, PP karotin, flavanoidlar, efir moylari, apiol, limonene va boshqalar uchraydi. Bu esa, gripp bilan bog‘liq muammolarga to‘siq qo‘yadi.

Uy sharoitida o‘zingiz va oila a’zolaringiz uchun bor mahsulotlardan oqilona foydalanishni bilish, ham vaqtingizni, ham naqtingizni tejashga xizmat qiladi. Chunki, eng kata boyligimiz— bu salomatlikdir. Uni asrash esa, o‘z qo‘limizda.

 

10 ta ovoz
Ovoz berish:
1 2 3 4 5