- Maslahatlar
O‘zingizga vaqt ajrating
Har kuni uyqudan oldin yuz terisini tozalashni odat qiling! Ayniqsa, teringiz yog‘li bo‘lsa! Buning uchun o‘simliklardan tayyorlangan va spirt miqdori kam bo‘lgan lasьonlardan foydalangan ma’qul. Uy sharoitida tayyorlangan tozalovchi vositalarni qo‘llash ham ijobiy samara beradi. Quyida berilgan lasьon va niqobni tayyorlashga urinib ko‘ring.
5 gramm asal, 5 gramm glitserin , 20 ml sarimsoq damlamasi, 60 ml suv kerak bo‘ladi. Hammasi yaxshilab aralashtiriladi, keyin paxta bilan yuz terisi artiladi. Losьon bakteriyalarni o‘ldirish bilan birga, xusnbuzar toshishining oldini ham oladi. Bundan tashqari, kungacha o‘z shifobaxshlilik xususiyatini yo‘qotmaydi.
Yog‘li teri uchun xaftada bir-ikki marta yog‘ bezlari sekretsiyasining me’yorlashishiga yordam beradigan niqoblardan foydalanib turish lozim. Quyidagi shifobaxsh niqob shu jumladan.
Buning uchun bitta tuxum oqi, bir choy qoshiq asal va tuz olinadi. Hammasi yaxshilab aralashtiriladi. Tuzi erigach, yuzga surtilib, 25 daqiqadan so‘ng yuvib tashlanadi. Qarabsizki, go‘zal chehra sohibasiga aylanasiz.
Xonzoda Norova, Buxoro.
"Bekajon" xaftanomasi
Ovoz berish: