- Yangiliklar
Olimlar xulosasi: islom OITSdan asraydi
Afrika xaritasini o'rganuvchi Kanadalik olim ikki xil ko'rinishdagi qit'a xaritasini chizdi. Birida islom dini tarqalgan hududlar, ikkinchisida OITS tarqalgan mintaqalar aks etgan. Uning fikricha, qaerdaki islom dini bo'lsa, o'sha erda “asr vabosi” yo'q yoki buning aksi.
Birinchi xaritada kasallik tarqalgan joylar chizilgan. Ya'ni to'q qora rang bilan belgilangan qismda OITS “urchigan”, yorqin rangli qismda esa kasallik tarqalmagan. Ikkinchi xaritada esa (o'ngdan) musulmonlar istiqomat qiladigan mintaqalar aks etgan. To'q yashil qism musulmonlar ko'p yashaydigan hududlarni anglatadi. Xarita muallifi ko'p yillik ilmiy tadqiqotlardan so'ng “Islom dini OITSga qarshi eng samarali profilaktika”, degan xulosaga keldi.
Mazkur xarita hozirda internetning turli ijtimoiy tarmoqlarida “OITSga hech qanday davo yo'q”, “Qur'onda bitilgan qoidalarga amal qilsak, OITS degan baloga sira duchor bo'lmaymiz” qabilidagi fikrlar bilan muhokama qilinmoqda.
Aytish kerakki, Afrikaning janubiy qismida kasallik keng tarqalgan. Bu erda 35 mln nafar odam (mintaqaning 70 % foizi) OITSga chalingan. Afrikaning shimoliy qismida esa musulmonlar istiqomat qiladi. 84 % foiz misrliklar, maliliklar va Gvineya aholisi islom diniga e'tiqod qiladi.
Manba: Muxlis.uz
Ovoz berish: