- Bolalar Salomatligi
Ona suti mojizasi
Ilgarilari momolarimiz bolalar injiq va nimjon bulsa, ona sutiga tuymagan, - deyishardi. Yoki bola sal bezoriroq chiqsa, begona onaning sutini emgan-da! –deb qo’yishardi.
Bolani onaning ko’krak suti bilan boqishning afzalliklari ko’pgina ilmiy manbalarda isbotlangan.
Ona sutining tengsiz mo’jiza ekani qadimdan ma’lum. Avlod sog’lomligi uchun kurashishning muhim omili ham go’dakni onaning ko’krak suti bilan boqishdir. Bola dunyoga kelgandan so’ng dastlabki ikki uch kun ichida onaning sut bezlari sarg’imtir rangli suyuqliq ajratadi. Bu uvuz suti bo’lib, tarkibi hayotiy quvvatga yo’grilgan bo’ladi, shifobaxsh xususiyatlar behisob. Ko’krak sutida bola hayoti uchun g’oyat zarur bo’lgan oziq moddalar va vitaminlar mavjud. Ular go’dak vujudiga oson singadi va to’liq hazm bo’ladi. Bundan tashqari, ona sutida bolani turli xil kasalliklardan saqlovchi moddalar – antitelalar va fermentlar bor. Ona suti tarkibidagi uglevodlar oziqlik xususiyatidan tashqari, ichaklarda mikroblarning o’sishiga yo’l qo’ymaydi, undagi kalsiy va fosfor tuzlari esa bola skeletining to’gri shakllanishi hamda yaxshi rivojlanishi uchun g’oyat muhim. Ko’krak sutining yana bir xususiyati shuki, bola tanasida har xil xastaliklarga qarshi bir umrga yetgulik immunitet hosil qiladi.
Ona suti bilan birga go’dak tanasiga nafaqat shifobaxsh moddalar, balki onaga nisbatan bitmas-tuganmas muhabbat tuyg’usi ham o’tadi. Ona sutini emgan bola iymon- e’tiqodli, ota-onasiga mehribon bo’lib o’sadi. Qarang, amerikalik bir guruh olimlarning tadqiqot natijalariga ko’ra, jinoyatchilarning 90 foiziga yaqini go’daklikdan sun’iy oziqalar bilan boqilganlar tashkil etar ekan. Bu haqiqatni har bir yosh onaga o’z vaqtida tushuntirish zarur. Chunki farzandni sog’lom va baquvvat bo’lib voyaga yetishini istagan har bir ayol uni avvalo ko’krak suti bilan boqishi kerak. Tug’ilgan go’dak kindigi kesilgan zaxoti emizish uchun onasiga beriladi. Chunki, to’qqiz oy davomida jon tomiri bilan onaga bog’langan go’dakni tug’ilganidan so’ng ham bir lahza bo’lsada undan uzoqlashtirmaslik zarur.
Yaponiyalik shifokorlar endigina dunyoga kelgan go’dakni ona qorniga yotqizib qo’yishgan. Ma’lum fursat o’tgach, chaqaloq ko’zi yumuq holda harakatlanib , sekin asta ona ko’kragigacha kelganva lablari bilan tamshanib ko’kragini ema boshlagan. Qanchalik g’aroyib hodisa bu! Ko’krak suti ona va go’dakni bir-biriga bog’lab turuvchi yaqinlik tuyg’usi, mehr in’ikosi, mo’jiza… shunday ekan, yangi bo’shagan yosh onalar go’daklarini qachon va qay yoshgacha emizish, qanday parvarishlash zarurligini yaxshi biladilarmi?
Ona suti chaqaloqqa rizq qilib berilgan ne’mat. Go’dakni olti oylik bulguniga qadar faqat ko’krak suti berib boqish zarur. Qadimdayoq momolarimiz ona sutining xosiyatini chuqur anglab bolalarini 2 yil emas, hatto 3-4 yoshiga dovur emizib boqqanlar. “O’g’il bolani o’ttiz oy, qiz bolani yigirma to’rt oy emizish kerak” degan gaplarni yosh onalarga doimo uqtirib borishgan. Qadriyatlarimiz unutilayozgan kechagi kunlarda bola uvuz sutidan bebahra qolardi. Uch – to’rt kundan so’nggina onasiga berilardi. Buning ustiga bolani soatga qarab, har uch soatda emizish kerakligini aytilardi. Ona suti yetishmasa turli millatdagi onalardan sog’ib olingan donor suti so’rgichda emizilardi. Hozir ona ko’zi yorilgani hamonoq go’dagiga ko’kragini tutardi. Shu zahotiyoq uning karovoti yoniga go’dagining jajji karovotchasi qo’yiladi. Bola yig’lagan paytda darhol emizish kerakligi qadimdan ma’lum. Lekin, chaqaloqning yig’isi faqat ochiqish alomati emasligini, bunga alohida ahamiyat berish zarurligini biz yosh onalarga tushuntirib boramiz.
Bolani emizish xomiladorlikdan saqlovchi vosita ham. Ona o’z go’dagini ikki yoki uch yoshigacha ko’krak suti bilan boqsa, shu vaqt ichida dam oladi, tanasi ilgariga sog’lom holatiga qayta boradi. Bu bilan u nafaqat o’zini, balki go’dagini ham turli xastalik va noxush holatlardan asraydi. Jahon sog’liqni saqlash tashkilotining ma’lumotiga ko’ra, chaqaloq onasini kamida olti oy emsa, har yili dunyo bo’yicha bir milliondan ziyod bolani o’limdan saqlab qolish mumkin bo’larkan. Sun’iy oziqlar bilan o’sayotgan bolalarga qaraganda ona sutini emgan bolalarda kasallikka chalinish 2,5 barobar kamroq kuzatiladi.
10 ta ovozOvoz berish: