Shifo.uz Vitaminlar Ovqatlanishda vitaminlarni ahamiyati

Ovqatlanishda vitaminlarni ahamiyati

Ovqatlanishda vitaminlarni ahamiyati

Vitaminlar tana (organizm) uchun muhim ahamiyatga ega. Bu so‘z hayot baxsh etuvchi, degan ma’noni anglatadi. Ular tanada muntazam davom etadigan moddalar almashinuvi, hujayra, to‘qimalarning o‘sishi va qayta tiklanishi hamda kasalliklarga qarshi kurashishda faol ishtirok etadi. Vitaminlar tanaga ovqat bilan tushadi. Hozirgi vaqtda vitaminlarning 30 dan ortiq turi o‘rganilgan bo‘lib, ulardan 20 ga yaqini kishi tanasidagi moddalar almashinuvi jarayonida faol ishtirok etadi. Ular 2 ta katta guruhga bo‘linadi. Bular suv va yog‘da eriydigan vitaminlardir. Birinchi guruhga V guruhidagi vitaminlar hamda vitamin S va R, ikkinchisiga A, D, E, K kiradi.

Vitamin S – tana uchun katta ahamiyatga ega, chunki u tananing barcha hayotiy jarayonlarida faol ishtirok etadi. Kishini turli kasalliklardan himoya qiladi, o‘sishni tezlashtiradi, quvvatni oshiradi, tomirlar devorini mustahkamlaydi. Bu vitamin tanada hosil bo‘lmaydi, faqatgina ovqat mahsulotlari bilan birga tushadi. Vitamin S: na’matak, qora smorodina, karam, ukrop, petrushka, kartoshka, ko‘k piyoz, limon, apelьsin, kashnich, mandarin, yong‘oq kabilarda ko‘p uchraydi. Katta yoshdagi kishilar uchun vitamin S ga sutkalik ehtiyoj 70-100 mg ni tashkil etadi.

Vitamin R – tsitrin. Bu tomirlar devorining mustahkamlanishida qatnashib, ularning o‘tkazuvchanligini kamaytiradi, qon elementlari – retikulotsitlar hosil bo‘lishida ishtirok etadi. Bu vitamin qora smorodina, limon, apelьsin, na’matak, choy, ayniqsa, ko‘k choy kabilarda ko‘p bo‘ladi.

Vitamin V1 (tiamin) – nerv sistemasi (tizimi) faoliyati uchun katta ahamiyatga ega. U fermentlar tarkibiga kiradi, uglevodlar almashinuvini ta’minlaydi. Bunda: uyqusizlik, lanjlik, toliqish kuzatiladi, yurak, qon-tomir va oshqozon-ichak tizimi faoliyati buzilib, o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. Bu vitamin bug‘doy, suli yormasi, loviya, mosh, no‘xat, tuxum sarig‘i, mol jigari kabilarda kuzatiladi. Kattalar uchun sutkalik ehtiyoj 1,5-2,0 mg.

Vitamin V2 – ko‘rish qobiliya¬tining normal bo‘lishi, o‘sish, moddalar almashinuvi, qon ishlab chiqarish va ovqat hazm qilishda ishtirok etadi. Bu bug‘doy, arpa, karam, ismaloq, sabzi, petrushka, piyoz kabilarda uchraydi. U etishmaganda umumiy holsizlik kuzatiladi, bolalar yaxshi o‘smaydi, sochlari to‘kiladi, lablari yoriladi, qonaydi, ko‘rish qobiliyati pasayadi. Kattalar uchun sutkalik ehtiyoj 1,8-2,0 mg.

Vitamin V3 – pantotenat kislota, oqsillar, yog‘lar, uglevodlar almashinuvining so‘nggi bos¬qichini idora etishda qatnashadi, to‘qimalarning oziqlanishiga ta’sir qiladi. Bu vitaminning etishmasligi natijasida "oyoqlarning achishishi" kuzatiladi. Vitamin V3 – kepak, achitqi, go‘sht, jigar, buyrak, tuxum, baliq kabilarda bo‘ladi. Kattalar uchun sutkalik ehtiyoj 5-10 mg.

Vitamin V5 – (nikotinat kislota) tana faoliyatining oksidlanish-tiklanish jarayonlarida qatnashadi. U etishmaganda toliqish, umumiy quvvatsizlik kuzatiladi. Og‘ir hollarda pellagra kasalligiga olib keladi. Bunda markaziy asab tizimi, me’da-ichak yo‘li, teri qoplami, yurak ishida o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. Kattalar uchun sutkalik ehtiyoj 15-25 mg.

Vitamin V6 – (piridoksin) aminokislotalar va yog‘ almashinuvida qatnashadi. Bu etishmaganda quvvatsizlik, jahl chiqishi, soch to‘kilishi, kamqonlik, teri ustki qavatida o‘zgarishlar yuz beradi. U achitqi, go‘sht, jigar, buyrak kabilarda bo‘ladi. Kattalar uchun sutkalik ehtiyoj

2-6 mg.

Vitamin V9 – (folat kislota) tanada aminokislotalar (serin, glitserin) nuklein kislota hosil bo‘lishida qatnashadi, eritrotsit va trombotsitlarning hosil bo‘lish jarayoniga ta’sir etadi. Bu vitamin ismaloq, karam, jigar, tovuq go‘shti va dukkakli o‘simliklarning yashil barg¬larida bo‘ladi. Kattalar uchun sutkalik ehtiyoj 2-5 mg.

Vitamin V12 – (tsianokobalamin) qon yaratish jarayonida qatnashadi, aminokislotalarning sintezini (hosil bo‘lishi) tezlashtiradi. Uning etishmasligi kamqonlikka olib keladi. U jigar, buyrak, baliq, sut mahsulotlari kabilarda uchraydi. Kattalar uchun sutkalik ehtiyoj

100-300 mg.

Vitamin V15 – (pangamat kislota) tananing modda almashinuvida qatnashadi. Bu etishmaganda asabning buzilishi, terining zararlanishi kuzatiladi. U achit¬qi, buyrak, miya to‘qimasi, sut, tuxum sarig‘ida bo‘ladi. Kattalar uchun sutkalik ehtiyoj 0,1-0,15 mg.

Vitamin A – (retinol) tana o‘sishi, epiteliy to‘qimalari rivojlanishi, ko‘z to‘r pardasi va ko‘rish nervi pigmentlarini hosil qilish kabilarda ishtirok etadi. Bu vitamin etishmaganda kishi qorong‘ida yaxshi ko‘rmaydi, ya’ni shabko‘r bo‘lib qoladi, yuqumli kasalliklarga qarshi kurash qobiliyati pasayadi. Vitamin A baliq yog‘i, mol jigari, qizil sabzi, tuxum sarig‘i, sariyog‘ kabilarda ko‘p bo‘ladi. Sabzi, pomidor, o‘rik, na’matak, qizil garmdori, ismaloq, shovulda juda ko‘p uchraydi. Kattalar uchun sutkalik ehtiyoj 1,5 mg.

Vitamin D (kalьtsiferol) kalьtsiy va fosfor almashinuvini tartibga soladi, ularning ichakdan so‘rilib, suyaklarda to‘planishiga yordam beradi, qonda fosfor va kalьtsiyning nisbatini idora etadi. Bu vitamin etishmaganda bolalar raxit kasaliga chalinadi, suyaklar yumshab va qiyshayib qoladi. U baliq moyida, tuxum sarig‘i, sariyog‘, sutda bo‘ladi. Quyoshning ulьtrabinafsha nurlari ta’sirida ham vitamin D paydo bo‘ladi.

Vitamin E (tokoferol) ko‘payish funktsiyasini idora etadi, oqsillar, yog‘ va uglevodlarning almashinuviga ta’sir qiladi. Bu vitamin etishmaganda skelet mushaklarining tonusi pasayib ketadi, homilador ayollarda bola tushishi mumkin. Vitamin E paxta, kungaboqar, soya moylarida ko‘p uchraydi.

Yuqorida bayon qilinganlardan ko‘rinib turibdiki, haqiqatdan ham vitaminlar kishi hayoti uchun hayotbaxsh ne’matdir. Shuning uchun ularni muntazam ravishda me’yorida iste’mol qilish sog‘lik uchun juda foydali.

Nasibaxon AKRAMOVA, Respublika Salomatlik instituti Toshkent viloyat filiali uslubiyatchisi, oliy toifali vrach.

Manba: uzssgzt.uz

9 ta ovoz
Ovoz berish:
1 2 3 4 5