Shifo.uz Maqolalar Pivo iste'moli havf tug’diradi

Pivo iste'moli havf tug’diradi

Pivo iste'moli havf tug’diradi

Avstraliyaning Viktoriya shtati universiteti olimlari aniqlashicha, bir kunda yarim litr pivo ichish prostate saratoni rivojlanishini 23%ga oshirar ekan. Bu haqida Daily Mail nashri habar beradi.

Doktor Tim Stokuell hamkasblari bilan birga ushbu mavzudagi oldingi ishlarni atroflicha o’rgandi va ular uchun umumiy bo’lgan xatoni aniqladi. Ularning tadqiqotidan aniqlanishicha, bir krujka pivo yoki ikki bakal vino ichish saraton rivojlanish havfini oshiradi. Vaholanki, hafta davomida hatto 0,3 litr pivo ichish ham kasallikning yuzaga kelishiga sabab bo’ladi.

“Alkogol saratonning bir necha turlariga, xususan ichak va ko’krak saratoniga daxldor, ammo bu tadqiqot alkagollarning prostate saratoni bilan ham aloqadorligi aniqlangan” – dedi doctor Jasmin Jast. Shu sababli tadqiqotchilar o’zini me’yorda ichuvchi deb hisoblaydigan kishilarni ham bu havfdan ogohlantirmoqda.

4 ta ovoz
Ovoz berish:
1 2 3 4 5