Shifo.uz Xalq Tabobati Piyoz haqida

Piyoz haqida

Piyoz haqida

Dunyoda eng ko’p ishlatiladigan sabzavot. U yana sog’liq uchun foydali mahsulotdir.

100 g piyoz – 40 kkal

Piyoz tarkibida seluloza, protein, magniy, fosfor, temir, natriy, kalsiy, kaliy moddalari, A, B1, B2, B3, C, PP vitaminlar mavjud.

Bakteriyani yengadi

Piyozning bakteriyaga hamda infektsiyalarga qarshi xususiyatlari o’ta yuqoridir. Piyoz suvi tarkibida fitontsid – tabiiy bakteriyaga qarshi moddalar bor. Shuni takidlash joizki xom piyoz bakteriyaga qarshi moddalarga boy hatto uni qaynatilgan yoki bug’langani ham foydalidir.

Xolesterol miqdorini kamaytiradi, yurakni mustahkamlaydi va saraton xastaligini oldini oladi

Piyoz xolesterolga qarshi kurashda yordam beradi chunki uni miqdorini sezilarli darajada tushuradi. Unda yana qonning mayinlashiga ta’siri mavjud, shu orqali u qon bosimini tushuradi, qonni qo’yiqlashini oldini olib yurakni himoyalaydi. Piyozli mahsulotlar kunlik iste’moli saraton xastaligiga chalinishni kamayishi bo’yicha bir qancha ilmiy ishlar olib borilgan.

Ko’z yosh to’ktiradi

Nega piyozni to’g’raganimizda biz yosh to’kamiz? Piyozdagi LFS enzim va tarkibida oltingugurt bo’lgan amino oksidlarni aralashmasi, sulfonik kislota tufayli tomog’ va ko’z yoshi yo’llariga ta’sir qiladi, bu esa ko’z yosh to’kilishiga olib keladi.

Onions lower cholesterol, strenghten heart and prevents cancer

Piyozlarsiz Misr piramidalari bo’lmas edi… Piyozning tarixi kamida 3000 yil ilgariga, Osiyo va Hindistonga taqaladi. Rimliklar tufayli u Yevropaga yetib kelgan va Kristofor Kolumb uni okean ortigacha yetkazgan. Piyozning rasmlari Misr piramidalarda ham topilgan, u piramidani qurgan qullarning ovqati bo’lgan va ularni kasallik tarqalishidan himoya qilgan. Bugungi kunda piyoz butun dunyo bo’ylab yetishtiriladi va barcha mamlakat taomlarining asosiy tarkibi hisoblanadi.
Manba: Bonduelle.uz
42 ta ovoz
Ovoz berish:
1 2 3 4 5