- Hayot darsi
Pulim ko'p bo'lsa qilaman, deysizmi?
Etibor bersam, atrofimdagi ko’p odamlar bir ishni qilishni orzu qiladi. Nega hozirdan qilmaysiz, -deb so’rasangiz. Pulim ko’p bo’lganda ishni boshlayman, deydi.
Gap qaysi ish haqida ketmoqda? – Har qanday ish yoki vazifa!
Agar pulim bo’lsa, unday qilardim. Pulim ko’paysa bunday qilardim. – deydigan kishilar shu ishini hech qachon qilmasligi mumkin.Masalan: Pulim ko’p bo’lsa odamlarga yordam ehson qilib turardim. Agar boy bo’lsam uyimni yangidan quraman. Agar puldor bo’lsam ishlarimni yangidan boshlayman. Agar ishlarim yurishib ketsa falon narsalarni xarid qilaman. Agar ishlarim yurishib ketsa toat-ibodat qilishni boshlayman, yoki hajga boraman. Va hokazo gaplar. Ishonchim komilki, bunday bahonani qilganlar boy bo’lib ishlari yurishib ketsa ham yana shuni takrorlashi mumkin. Chunki uning nazarida, o’zi orzu qilgandek boy bo’lmagan kabi tuyuladi. U holda nima qilish kerak,
Siz, bir ishni boshlamoqchi bo’lsangiz, qaysidir kun kelishini kutib o’tirmang. Hozirdan birinchi qadamni qo’ying. Agar boy bo’lib odamlarga xayr-ehson qilish orzuingiz bo’lsa, shu ishga hozirdan birinchi qadamni qo’yish mumkin emasmi? Xo’sh, qanday qilib birinchi qadamni qo’yaman. Buning uchun bugunning oziyoq, o’zingiz bilgan kambag’al odamga ikkita non olib boring. Yoki Masjidga imkoningiz darajasida ehson qiling. Sizga Xudo yana ko’proq boylik beradi. (Hadislarda aytiladiki, ehson qilgan kishining boyligiga Xudo baraka beradi.) Keyinchalik, imkoningizga qarab yetimlarga, qariyalarga ehson qiling. Ko’zi ojiz, nogironlarni yo’lda ko’rsangiz ko’mak yordam bering. Xudo xohlasa Sizning daromadingiz ham o’z o’zidan ko’payadi, va siz yanada ko’proq xayrli ishlarga sarflaysiz.
Aytmoqchi bo’lganim, Bu kabi ishlarni boshlash uchun ma’lum kun kelishini kutish kerak emas. Siz bu ishlarga birinchi eng mayda qadamni qo’ying. Eng mayda qadam – masalan 1 ta 2 ta non hadiya qiling, yoki bir kambag’alga choy puli berish.
Xullas, ba’zi xayolparastlar aytgandek, millioner bo’lsam falon ishlarni qilaman – deb o’zingizni aldab umringizni o’tkazib yuravermang. BUGUN birinchi mayda qadamni qo’ying. Qarabsizki, qo’ygan qadamingiz o’z o’zidan katta ishlarga aylanib ketishi mumkin. Agar boy bo’lsam katta bog’ barpo qilaman, deysizmi? – o’zingizni yana aldayapsiz. Siz shu ishga bugun birinchi qadamni qo’ysangizgina orzuingizga yetisha olishingiz mumkin bo’ladi. Kelajakda katta bog’ barpo qilishni o’ylaysizmi? BUGUN bo’sh vaqt ajratib atrofingizdagi yerni aylanib ko’ring. Agar bozorda ko’chat bo’lsa 1 yoki 2 dona ko’chat ekib shu ishni sinab ko’ring. Siz shu ishdan bahra olasizmi yoki yo’qmi? Avval shuni aniqlash uchun BUGUN tekshirib ko’ring.
Manba: Aql.uz
91 ta ovozOvoz berish: