Shifo.uz Maqolalar Qanday uxlash kerak?

Qanday uxlash kerak?

Qanday uxlash kerak?

Ma’lumki, inson bosh miyasidagi "Gipofiz" (Hypophysis-lot.) nomli bez uyqu vaqtida organizmning o‘sishi uchun xizmat qiladigan suyuqlik ishlab chiqaradi. Inson uyqusi mazkur bezining faoliyat jarayoniga qarab, davrlarga bo‘linadi. Har bir davr 90 daqiqa - bir yarim soat davom etadi va bu davrlar rasmda ko‘rsatilganidek, 5 qism (jarayon)ga bo‘linadi.

1) Suyuqlik ishlab chiqarishga hozirlanish (Gipofiz bezining uyg‘onish jarayoni), 15-20 daqiqa davom etadi.
2) Suyuqlik o‘tadigan tomirlarning mazkur jarayonga hozirlanishi (ochilishi va tortilishi), 15-20 daqiqa davom etadi.
3) Suyuqlik ishlab chiqarilish jarayoni (davrning avj nuqtasi, rasmda A nuqta deb keltirilgan), 10-15 daqiqa davom etadi.
4) Suyuqlik o‘tadigan tomirlarning yopilishi, 15-20 daqiqa davom etadi.
5) Gipofiz bezining uyquga ketishi, 15-20 daqiqa davom etadi.

Agar kimki, masalan, 6 soat uxlaydigan bo‘lsa, 4 ta uyqu davrini bosib o‘tgan bo‘ladi va agar har qanday inson mazkur uyqu davrining tamoman tugagan joyida (B nuqtada) uyg‘onadigan bo‘lsa, kun bo‘yi o‘zini uyquga to‘ygan, tetik his etadi. Agar aksincha, ushbu davrning uchinchi qismida, ya‘ni gipofiz bezining suyuqlik ishlab chiqarayotgan paytida uyg‘onadigan bo‘lsa, hatto bir sutka uxlagan taqdirda ham o‘zini uyquga to‘ymagandek his qiladi va kun bo‘yi karaxt bo‘lib, boshi og‘riydi.

Olimlar o‘tkazgan tajribalarga asosan, uyqu davrining uchinchi qismi - suyuqlik ishlab chiqarish jarayonida 99% inson hech nimani eshitmas ekan. Demak, agar biz sozlagan budilnik vaqti, mazkur davrga to‘g‘ri kelib qolsa, u chalganda hech narsa eshitmaymiz.

Shunga ko‘ra, uxlaydigan vaqtimizni 1 yarim soat, 3 soat, 4 yarim soat, 6 soat yoki 7 yarim soat va hokazo shu tartibda, 90 daqiqa (1 yarim soat)dan qo‘shib belgilamog‘imiz lozim bo‘ladi.

Qo‘shimcha ma’lumotlar:

- Kunduzgi uyqu, kechasiga qaraganda 3 barobar ko‘p ta‘sirli bo‘ladi. Ya‘ni, 1 yarim soat uxlagan odam 4 yarim soat uxlagandek bo‘ladi.
- Juda holdan toygan, ammo uxlashga vaqti bo‘lmagan odam, 20 daqiqa uxlashlik bilan badanini tetiklashtirib olishi mumkin. Ammo 20 daqiqadan oshib ketsa, uyqu davrining keyingi bosqichlariga o‘tib ketadi va aksincha salbiy ta‘sir qilishi mumkin...

- Hech qachon odatiy uyqu vaqtingizdan ancha oldin uxlamang. Misol uchun, har kun soat 12 da uxlaydigan bo‘lsangiz, uxlashga soat 10 da yotib olmang. Chunki, baribir uxlay olmaysiz. Agar vaqtliroq uxlashni odat qilmoqchi bo‘lsangiz, har doimgi uyqu vaqtingizdan 30 dan 60 daqiqagacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida oldinroqqa suring va bu holni bir hafta davomida takrorlang (har haftada faqat bir marta vaqtni o‘zgartirishingiz mumkin). Shu tariqa asta-sekinlik bilan vaqtliroq uxlashga odatlanasiz.

Muallif: Abdumavlon Rashidov

© Centre for Applied Research in Mental Health and Addiction
© BC Health & Substance Use Services
© University of Oxford

3 ta ovoz
Ovoz berish:
1 2 3 4 5