- Maqolalar
Qandli diabet
Qand kasalligi — organizmda insulin tanqisligi va moddalar almashinuvi buzilishi natijasvda kelib chiqadigan kasallik. Qand kasalligi sharq xalq tabobat tarixida juda qadimdan ma’lum. Abu Ali ibn Sino bu dardga alohida e’tibor beradi. «Suv qanday ichilgan bo‘lsa, shu holda chiqadi», deb yozadi u. Bemorning ko‘p suv ichishi boshqa kasalliklarni ham keltirib chiqaradi va bemor juda ozib ketadi. Davolarga to‘xtab tabib: «Bemorga sovuq mizojli suyuqliklar ichir, sovuqjomga sol, nordon ayron ichir, mevalar ber, yalpiz damlab ichir, ya’ni bemorni ho‘lla, sovut», deydi. Bu kasallik odam badanida issiqlikning oshib ketishi tufayli paydo bo‘lishini bildiradi. Qand kasalligi tarixiy tibbiy manbalarga ko‘ra, nasliy bo‘lishi xam mumkin. Qandli diabetda qonda qand moddasi keskin ko‘payib, siydik bilan chiqib turadi (tarkibida qand moddasi bo‘ladi), tashnalik, ozib ketish, quv-vatsizlik, badan qichishishi va boshqaalomatlar kuzatiladi.
***
Kasallikning irsiy yoki hayotda orttirilgan, shuningdek, insulinga bog‘liq (diabetning 1-turi) va insulinga bog‘liq bo‘lmagan (diabetning 2-turi) turi farq kilinadi.
Diabetning 1-turi ko‘pincha o‘smirlik yoshida uchraydi. Bunda bemor organizmida me’da osti bezi hujayralari insulin ishlab chiqara olmaydi va ularni davolashda qand miqdorini pasaytirish maqsadida insulin preparatlari qo‘llanadi.
Qandli diabetning 2-turida me’da osti bezi orolcha hujayralaridan insulin i.ch. saqlanib qoladi, bunda qon tarkibidagi insulin miqdori me’yorida yoki undan sal yuqoriroq bo‘ladi.
Biroq, to‘qimalarning insulinga nisbatan sezgirligi keskin pasayishi tufayli to‘kdmalar tomonidan glyukozani o‘zlashtirish hamda foydalanish kamayadi va u qon tarkibida to‘planib qoladi, natijada qonda qand ko‘payib, siydik bilan chikib turadi, bemor juda semirib ketadi. Diabetning bu turi bilan, asosan, o‘rta va keksa yoshdagilar kasallanadilar. Kasallik asta-sekin, zimdan rivojlanadi, u boshlanishida og‘iz qurishi, chanqash, ozish kabi alomatlar yaqqol bilinmaydi. Bemorni ko‘proq holsizlanish, toliqish, tashnalik bezovta kiladi. Qon tarkibidagi glyukoza miqtsori yuqori bo‘lishiga qaramay, diabetning 2-turida qon tarkibida atseton moddasining ortishi va uning siydikda paydo bo‘lishi juda kam kuzatiladi. Bunday bemorlar insulin kabul kilmay yashashlari mumkin. Ularga parhez, jismoniy mashqlar bilanshug‘ullanish, kand miqdorini kamaytiruvchi dorilar qabul qilish yaxshi naf beradi.
Qandli diabet — bir umrlik kasallik, uni butun hayot davomida davolash zarur. O‘zSSV Endokrinologiya ilmiy-tekshirish instituti diabet bo‘limi katta ilmiy xodimi, K. Asamutdinova, ToshPTI "Endokrinologiya" yo‘nalishi 3-kurs magistratura rezidenti. umrlik kasallik, uni butun hayot davomida davolash zarur.
Manba: Xonadon.uz
2 ta ovoz
Ovoz berish: