Shifo.uz
Xalq Tabobati
Qayin kurtagi va bargi
- Xalq Tabobati
Qayin kurtagi va bargi
Qayin daraxti kurtagi va bargining preparatlari siydik haydovchi dori sifatida qo‘llaniladi. Bundan tashqari, barg avitaminoz kasalliklarida, kurtak preparatlari esa o‘t haydovchi vosita sifatida (xoletsistit va boshqa kasalliklarda) ishlatiladi.
Qayin bargi buyrakning nefroz va nefrit kasalliklarini davolash uchun tavsiya etildi.
Daraxtning qatroni - qora moyi yaralarni davolash uchun qo‘llaniladigan Vishnevskiy suyuq surtmasi, qo‘tir va boshqa teri kasalliklarini davolashda ishlatiladigan Vilkinson surtmasi tarkibiga kiradi. Faollashtirilgan ko‘miri - -karbolen qorin dam bulganda hamda kolit, me’da shirasining kislotasi ko‘paygan hollarda va zaharlar bilan zaharlanganda qo‘llaniladi.
Qayin daraxti shirasi o‘pka kasalliklari (bronxit, o‘pka sili) ni davolashda ishlatiladi.
Dorivor preparatlari. Qayin kurtagidan damlama va qaynatma, bargidan esa faqat damlama tayyorlanadi. Daraxtdan qatron - Pix liquida Betulae va faollashtirilgan ko‘mir- karbolen olinadi. Qayin daraxtining shirasi.
6 ta ovoz
Ovoz berish: