Shifo.uz Maqolalar Qizil tasmaning foydasi

Qizil tasmaning foydasi

Qizil tasmaning foydasi

(горец птичний или спориш , гусятник)

1.Qizil tasmaning 500 grammini 4 litr suvda , 15 daqiqa mil-mil qaynatib, qaynatmasini 15 kun 3 mahal 3 osh qoshiqdan och holda parhezi bilan ichilsa , ich ketishini qoldirish , ichak kasalliklari, qorin og'rig'i va ichak yaralariga foyda qiladi . 2.Qaynatmasi qon ketish , ayniqsa, bachadondan qon ketishi , kamqonlik va o'pka kasalliklari , ko'k yo'tal kasalliklarida 20 kun 3 mahal 2 osh qoshiqdan parhezlari bilan , ichilsa tuzaladi . 3.Bundan tashqari qizil tasma qaynatmasini 10 kun 3 mahal parhezi bilan ichilsa, jigar , buyrak, qovuq kasalliklari tuzaladi . 4.Qaynatmasidan 15 kun 3mahal och holda , parhezi bilan 50 grammdan ichilsa , siydik yo'li va o'tdagi toshlar, bo'g'in og'rig'I va poliartrid kasalliklaridan begumon halos bo'ladi . 5. Yana qaynatmasini 10 kun parhezi bilan 3 mahal 50 grammdan ichulsa , kishini quvvatga kirgizadi, issiqni tushiradi,qon oqishini to'xtatadi,siydikni haydaydiva gijjalarni osongina tushiradi . 6.Qaynatmasi temiratkida , bolalarda toshma toshgan paytlarda 10 kun 3 mahal 25 daqiqadan parhezi bilan vanna qilinsa , tuzatadi . 7.Tabobatda qizil tasma qaynatmasini 20 kun 3 mahal 50 grammdan jigar so'lishi (церроз) , qon ketish va bavosil kasali bilan og'riganlar ichsa , yaxshi foyda qiladi . 8.Qaynatmasini 15 kun 3 mahal 2 osh qoshiqdan parhez bilan ichilsa, lavsha,bo'g'in va qon bosimi yuqoriligi kasalliklariga foyda qiladi . 9.Yana qizil tasma qaynatmasini 15 kun 3 mahal parhez bilan och holda 100 grammdan ichilsa, buyrak,qovuq , o't toshlari tushadi . 10.Qaynatmasini qon bosimini kamaytirib , qon ivishini tezlatadi ,o'pkadagi havo almashinishini , peshobni kuchaytiradi va bachadon muskullari tonusini oshiradi . (15 kun 3 mahal 50 grammdan ichiladi).

1 ta ovoz
Ovoz berish:
1 2 3 4 5