Shifo.uz Maqolalar Qora halilaning davoligi

Qora halilaning davoligi

1.Jolinus hakim aytadi : u (qora halila) rangni tozalaydi , moxov , taloq va bavosil illatlariga yaxshi shifo bo'ladi . 2.Agar talqonini 10 kun 3 mahal 1 choy qoshiqdan parhezi bilan kapalansa , balg'am va yo'tallarni daf qiladi . 3.Talqoni 15 kun 3 mahal ko'zga surtilsa, ko'zni ravshan qiladi, ko'rishni kuchaytiradi. 4.Talqoni 15 kun 3 mahal och holda 1 choy qoshiqdan kapalansa (parhezi bilan)eslash qobiliyati kuchayadi . 5.Uni shunday 10 kun 3 mahal 1 choy qoshiqdan 3 mahal iste`mol qilinsa (parhezi bilan) bosh og'rig'i , jigar so'lish (istisqo) va eski isitmalar daf bo'ladi . 6.Uning yog'da qovurilgani 10 kun 3 mahal yarim choy qoshiqdan parhezi bilan ichilsa, yoki yeyilsa, balg'am va safroni suradi. 7.Halila me`dani va taom hazmini kuchaytiradi . 8.Qaynatmasiga 10 kun 7-8 mahal (parhezi bilan)og'iz chayilsa tish illatlarini daf qiladi. 9.Agar bir yilgacha halila 1 mahal och holda iste`mo lqilinsa ,sochning qoraligi abadiy saqlanib qoladi . 10.Halilani gulob bilan ezib ,ko'zning tashqarisidan surtilsa,ko'zdagi yallig'lanish,qizilikka juda katta foyda qiladi (10 kun 3 mahal parhezi bilan davolash kerak). Halilani shahar bozorlaridan topsa bo'ladi .

28 ta ovoz
Ovoz berish:
1 2 3 4 5