Shifo.uz
Maqolalar
Qorindagi yog'lardan qutulishning 8 yo'li
- Maqolalar
Qorindagi yog'lardan qutulishning 8 yo'li
Bilamizki, hozirgi kunda juda ko'pchilik qorindagi yog'lardan aziyat chekmoqda. Bundan qutulishning o'zi bo'lmaydi. Ammo agar siz tog'ri ovqatlanishga amal qilsangiz hamda dietani saqlasangiz bir umurga bundan qutulishingiz mumkin.
- Kuningizni limon sharbati bilan boshlang. Bu yog'larni yo'qotish uchun eng zo'r muolajadir. Limon sharbatini ozgina iliq suvli stakanga qo'shing, ozgina tuz bilan aralshtiring. Har kuni ertalab ichishda davom eting va bu yog'lardan qutilishda o'zingizga yordam qiling.
- Oq guruchdan o'zingizni asrang, uni o'rniga har xil bug'doyli mahsulotlar iste'mol qiling. Jumladan qizil guruch, qizg'ish non(tegirmon noni), g'alla, suli kabi donli mahsulotlar.
- Shakarli mahsulotlardan ehtiyot bo'ling. Shirinliklar, shirin ichimliklar va yog'li mahsulotlardan o'zingizni tiying. Bu mahsulotlar sizda yog' rivojlanishiga katta hissa qo'shadi, shu sababdan kamroq iste'mol qiling.
- Iloji boricha ko'proq suv iching. Suv yog'larni yo'qotishda katta yordan qiladi.
- Bug'da pishgan sarimsoqpiyozdan(chesnok) iste'mol qiling. Har kuni ertalab bir bog' chesnok iste'mol qiling va bir stakan limon sharbatidan iching, bu dieta yog'lardan qutulishni ikki barovar tezlashtiradi.
- Ko'proq sabzavot va ko'katlardan iste'mol qiling. Iloji boricha sabzavotsiz va ko'katlarsiz ovqatlardan qoching. Chunki ko'kat va sabzavotlar sizni mineral va vitaminlar bilan to'ydiradi.
- Mevalardan ko'proq is'temol qiling. Har kuni ertalab va yotishdan oldin mevalardan yeyishni unitmang.
- Ovqatlanishda ozroq ziravorlar va qalampirlardan foydalaning. Jumladan zanjabil, zira, qora qalampirlardan har kuni ishlating. Bular sizda insullin ishlab chiqarishda yordam qiladi va qoningizdagi shakar miqdorini kamaytiradi.
Manba: http://www.ideadigezt.com
15 ta ovozOvoz berish: