Shifo.uz Maqolalar Qullar nimaga qaltiraydi?

Qullar nimaga qaltiraydi?

Ko‘pchilik qo‘llar titrashi bilan yaxshi tanish bo‘lsangiz kerak. Chunki hozirgi vaqtda ushbu kasallik nafaqat qariyalar orasida, balki yoshlar orasida ham "ommalashib" bormoqda.

Tremor yoki qo‘llar titrashi ko‘p uchraydigan holat hisoblanadi. Shunday holatda mantiqli bir savol tug‘iladi. Tremor asab tizimi bilan bog‘liq emasmi?! Ko‘pchilik nevrologik kasalliklarda, masalan, Parkinson kasalligida qo‘llar titrashi xarakterli belgidir. Shuningdek, tremor entsefalopatiyalar va gormonal o‘zgarishlar natijasida ham kelib chiqadi.

Tremorlar kelib chiqishiga ko‘ra quyidagi turlarga bo‘linadi: asabiy tremor, jismoniy tremor, alkogolli tremor.

Ba’zan qattiq asabiylashganda, sovqotganda qo‘llar titrashi kuzatiladi. Bunday holatlar oddiy hayotda ko‘p uchraydi: og‘ir xaltalarni ko‘tarish, turli jismoniy og‘ir ishlarni bajarish, og‘riq sindromlari ham qo‘llar tremorini chaqirishi mumkin. Ba’zan qahva ishqibozlarida qahvani haddan ziyod qabul qilish natijasida bezovtalik, oxir oqibat bularning bari tremorga sabab bo‘ladi. Ushbu tremor vaqtinchalik bo‘lib, zo‘riqish bartaraf etilgach o‘tib ketadi. Muntazam ravishda spirtli ichimliklarni iste’mol qiluvchilarning barmoqlari ham beixtiyor titraydigan bo‘ladi. Til uchi ham titraydi. Alkogol asab tizimini labil holatga solganligi bois ularda ushbu holat kuzatiladi.

Manba: Bekajon.uz

1 ta ovoz
Ovoz berish:
1 2 3 4 5