- Yangiliklar
Raqamlar salomatligimizga ta'sir ko'rsatishi mumkinmi?
Javob “ha”, bu erda numerologiyani nazarda tutmayotgan bo’lsak ham...
2000 – bu qadamlar soni
siz vazn olmaslik uchun har kuni yurishingiz kerak bo’lgan. Ikki ming qadam faqatgina 15 daqiqalik yurish demakdir. Siz tushishingiz kerak bo’lgan bekatdan oldingi bekatda tushib qolib uyga piyoda borishingiz yetarlidir.
100 –Siz tanangizni har kuni 100 kaloriya bilan kamroq ta’minlashingiz lozim, agarda siz bir yilda 4-5 kilogramga ozmoqchi bo’lsangiz. Yuz kaloriya bu ko’p emas! Bu bir hovuch qovurilgan kartoshka, bir stakan koka kola yoki bir kosa pudding bilan barovardir. Siz har doim ushbu gazaklarga “yo’q” desangiz bas.
60 – bu har kuni qo’shimcha ravishda uxlashingiz lozim bo’lgan daqiqalar. Kunlik bir soat qo’shimcha uyqu hayotiy kuchingizni 25 foizga ko’taradi. Sizni fikr jamlashingiz darajasi ko’tariladi, kayfiyatingiz ham ko’tariladi va siz stressga kam moyil bo’lasiz. Agarda siz ertalab o’zingiz turmasdan soatingiz qo’ng’irog’i uyg’otsa siz yana bir soat uhlashingiz kerak. Agarda buni hafta davomida bajarishni iloji bo’lmasa – hech bo’lmasa dam olish kunlari bajaring.
24 – Bu “o’tirib turishlar” soni tekkis qorin bilan maqtanishga undaydi va qo’shimcha vazn olishdan saqlaydi. Faqat uni har kuni bajarish kifoya!
15 – sog’lom bo’lish uchun siz kuniga shuncha marta kulishingiz lozim
Kulgu tanangizni kislorod bilan ta’minlaydi, yaxshi qon aylanishini ta’minlaydi, yuragingizni yaxshi holatda saqlaydi va stress gormonlari darajasini kamaytiradi. Tanamiz kulguga, jismoniy mashqqa ta’sir qilganday ta’sir qiladi. Kulganimizda 150 ga yaqin muskullarimiz faollashadi. Kunlik yuzlab kulishlar 10 daqiqalik ayrobikani o’rnini bosadi.
2 – Siz shuncha kosa meva va sabzavotlarni kunlik iste’mol qilishingiz zarur shundagina saraton va yurak xastaliklaridan samarali himoyalanasiz. Meva va sabzavotlar kerakli vaznni ushlab turishda yordam beradi.
1 – pomidor sousli pitsani haftada bir marotaba iste’mol qilish saraton xastaligiga chalinishni oldini oladi. Izlanishlarga ko’ra pitsani doimiy ravishda iste’mol qiladigan insonlar saraton xastaligiga chalinishga ko’proq moyil bo’lar ekanlar.
Manba: bonduelle.uz
6 ta ovozOvoz berish: