- Shifo.uz oshxonasi
Rayxonli choy
Rayxonli qora choy hozirgi vaqtda barcha Markaziy Osiyo respublikalarida iste’mol qilinadi. Ma’lumki rayxon o’zining tarkibida efir moyini saqlaydi, u og’riqni qoldiruvchi va zararsizlantiruvchi vosita sifatida ta’sir ko’rsatadi. Rayxon ishtahani qo’zg’atadi, oshqozonning surunkali yallig’lanishiga qarshi ta’sir ko’ratadi, og’riqlarni qoldiradi. Tabobatda o’simlikning o’zini siydik tanosil organlari yallig’lanishida, siydik pufagi jomi va siydik yo’llari yallig’langanda tavsiya qilinadi. Rayxondan tayyorlangan issiq sharbat buyrak, siydik pufagi va siydik kanallari yallig’langanda, tumov, shamollash, bezgakda xalq tabobatida qo’llaniladi.
Tayyorlash usuli. Chinni choynak qaynoq suv bilan chayiladi. Qora choy, rayxonning quritilgan bargi solinadi, choynakning 1/3 xajmida qaynoq suv quyiladi, 3-5 daqiqa damlanadi, keyin qaynoq uv bilan to’ldiriladi. Sovuq va qaynoq holda, konfet asal va boshqalar bilan beriladi.
Bir Portsiyaga(1 stakan) 1 g qora choy va 0,5 g rayxon kerak buladi.
1 ta ovozOvoz berish: