Shifo.uz Bekajon Semizlikka qarshi kurashish usullari

Semizlikka qarshi kurashish usullari

Semizlikka qarshi kurashish usullari

Ko’pchilik xotin- qizlar semizlikka qarshi kurashning eng oson yo’li kam ovqat yeyish yoki och yurish deb o’ylashadi. Bu xato tushuncha. Chunki uzoq yillar davomida olib borilgan ilmiy tekshirishlar ko’rsatishicha , ochlikda kishining jigari va yurak faoliyatiga zarar yetadi. Shuning uchun bu davo usuli tibbiyotda qo’llanilmaydi.

Eng yaxshi samalari davo usuli kaloriyasi cheklangan ovqat ratsionini qo’llashdan iborat. Iste’mol qilinadigan ovqat kaloriyasi cheklangan ovqat ratsionini qo’llashdan iborat. Iste’mol qilinadigan ovqat kalloriyasi, ya’ni quvvati, energetic quvvati ancha past (1800-2000 kkal) bo’lishi lozim. Shundagi organizmdagi yog’lar parchalanib, ortiqcha og’irlik yo’qola boshlaydi. Taomning tarkibida uglevodlar kam bo’lib, oqsil va vitaminlar ko’p bo’lishi uchunovqatni doimiy ravishda o’simlik yog’ida pishirgan ma’qul.

Har kuni ovqat oldidan ko’p miqdorda tayyorlangan achchiq-chuchuk, turli salatlar yeyilsa maqsadga muvofiq bo’ladi, oshqozon to’lib, qorin ochligi yo’qoladi.

Haftada 2 marta ozish kunlari o’tkazish kerak. Bu kunlarda olma, qovoq, bodring, sabzini xomligicha yeyish tavsiya qilinadi. Masalan: 1,5 kg. ko’k, achchiq olmani (shirin sortlari to’gri kelmaydi), kuniga besh qismga bo’lib, faqat shu mahsulotni iste’mol qilish lozim. Birinchi kunlari o’rganmagan bemorlarga qiyin, albatta, ovqat yegisi keladi, ba’zi hollarda bilmasdan yeb ham qo’yadi. Lekin shunday ozish kunlari 3-4 marta qo’llangach, bemor tajribaga ega bo’lib, bemalol uni qo’llaydi.

Ertalabki badantarbiya, fizkultura va jismoniy mehnatning biror yoqadigan turi bilan doimiy ravishda shug’ullanib turish madsadga muvofiq. Darvoqe, uzoq vaqt piyoda yurish ham jismoniy harakatga kiradi.

Ozish uchun parhez qilayotganlar tez-tez endokrinolog shifokor bilan maslahatlashib turishlari kerak. Tavsiya qilingan, ishtahani bog’adigan barcha tabletkalarni o’z vaqtida qabul qilish davolash garovidir.

Parhezda yengil singgadigan uglevodlar (konditer mahsulotlari, qand, har xil murabbolar) bo’lishi lozim.

Yog’ bosgan odamlar ovqatida uglevodlar kam, oqsillar, vitaminlar ko’p, yog’lar ozroq miqdorda bo’lishi kerak. Uglevodlarni 100-150 grammdan ortiq yemagan maqul. Yengil singadigan uglevodlar, ya’ni qand yog’ning yog’ to’qimasida sintezlanishiga yordam berib, insulinni faollashtiradi, bu esa ularni polisaxaridlarga – qiyin singgadigan uglevodlarga aylantiradi. Respublikamizda noz-ne’matlar serob bo’lganidan qishin-yozin parxezbop sabzavotlar – xom o’simliklar maxsulotlari bo’lishiga imkon beradi, sabzavotlar tarkibida qiyin singgadigan uglevodlar va zarur mineral moddalar bo’ladi.

Tavsiya etiladigan kaloriyasi kam parxez ortiqcha vaznning qisqa vaqt ichida yo’qolishiga imkon berishi, bemor ahvolini yaxshilashi uchun qulay bo’lishi zarur, chunki yog’ bosimi uzoqqa cho’ziladigan kasallik hisoblanadi. Parxaz taom yog’ bosgan bemorlarga uzoq muddatga buyuriladi, shu sababli parxez buyurishda bemorning o’ziga xos hayot sharoiti va urf-odati, o’zi o’rganganovqatlarni hisobga olish kerak.

Biz semiz odamlarda “baqaloqlar sho’rvasi” deb atalgan taomni haftada 2 marta iste’mol qildirganimizda ular 1,5-2 kg. vazn yo’qotishganiga guvoh bo’ldik. Siz ham anashu sho’rvani 1-2 oy erinmasdan, irodani bir joyga to’plab qo’llasangiz, yutuqli natijalarga erishasiz.

“Baqaloqlar sho’rvasi” retsepti: 8 dona o’rtacha piyoz, 5 dona kichikroq pomidor, ikkita o’rtacha bulg’or qalampiri, 1 kg karam, 1 bog’ ukrop, 1 bog’ selderni maydalab, kastryulkaga solinadi va 2 litr sovuq suv quyiladi. Gaz olovida qaynatamiz, meyorida tuz solamiz. Suv qaynab chiqqandan keyin 40-50 daqiqa qaynatamiz va tayyor sho’rvani bir kunda uch teng bo’lib istemol qilamiz. Sho’rvani qora non bilan yeyish kerak.

Sho’rvani istemol qilgach, o’sha kuni boshqa hech narsa istemol qilinmaydi, sho’rva qorinni to’q tutadi va yengil hazm bo’ladi. Natija uzoq kuttirmaydi – 1 oyda 4-6 kg.ni yo’qotishingiz turgan gap.

Agar siz yuqoridagi maslahatlarga to’la rioya qilsangiz, qomatingiz hamisha xushbichim, kayfiyatingiz a’lo, qadamlaringiz yengil , sog’ligingiz mustahkam bo’ladi. Semirib ketmay, desangiz, muttasil harakatda bo’ling, oz-ozdan va tez-tez ovqatlaning, sog’likning garovi bo’lgan badantarbiya mashqlarini tark etmang.

Manba: “Semizlik va unga qarshi 31 maslahat” kitobidan     

85 ta ovoz
Ovoz berish:
1 2 3 4 5