Shifo.uz Jinsiy hayot saboqlari Shahvat haqida

Shahvat haqida

Shahvat haqida

Shahvat, sperma – erkaklar jinsiy bezlarida ishlab chiqadiga va tarkibida jinsiy xujayralar bo’lgan moddalar aralashmasi (suyuqlik). Shahvat jinsiy yo’l bilan ko’payishda ishtirok etadigan erkak jinsiy xujayrasi spermazoiddan iborat. Shahvat balog’atga etish davrida ishlanib chiqa boshlaydi va yosh o’tgan sari (40 dan keyin) kamaya boradi. Eyakulyatsiya vaqtida (urug’ otib chiqarish yoki har bir jinsiy aloqada) o’rtacha 2-6 ml. Shahvat ajraladi. Shahvatning kam ajralishi erkaklarda bepushtlikka sabab bo’ladi. Prostata bezi, moyak, yorg’oq, siydik chiqarish kanalidagi yallig’lanishlarni o’z vaqtida davolamaslik oqibatida shu organlarda chandiqlanish paydo bo’ladi, natijada shahvat ishlab chiqilishi va ajralishi qiyinlashadi. Bunday noxush xodisalarning oldini olish uchun o’z vaqtida mutaxassis vrachga murojaat qilish kerak.

34 ta ovoz
Ovoz berish:
1 2 3 4 5