Shifo.uz Yangiliklar Shifo.uz Milliy Internet Tanlovi g'olibi

Shifo.uz Milliy Internet Tanlovi g'olibi

Shifo.uz  Milliy Internet Tanlovi g'olibi

24 sentyabr kuni poytaxtimizning Turkiston saroyida "MIT.UZ" yoshlar internet tanlovi  g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. E’tiborli tomoni shundaki, bizning Shifo.uz saytimiz bu tanlovda "Davlat tilidagi yaxshi sayt”, nominatsiyasida g‘olib deb topildi. Tadbirda mas’ul vazirlik, idora va muassasalarning rahbarlari, tanlov g‘oliblari hamda OAV vakillari ishtirok etishdi.

Taqdirlash marosimi davomida 70dan ortiq tanlovning foto yo‘nalishi ishtirokchilari va g‘oliblarining eng sara ijodiy ishlari hamda yosh dasturchilarning eng yaxshi veb-ishlanma va dasturiy ta’minotlari ko‘rgazmasi tashkil etildi.
Milliy internet tanlovi g‘oliblariga diplom va hamkor tashkilotlarning sovg‘alari topshirildi. Tanlov sovrindorlarining saytlari sohaviy yo‘nalishidan kelib chiqib, tegishli davlat tashkilotlariga biriktirilgan holda qo‘llab-quvvatlanishi va rivojlantirilishi belgilandi.
Shu o‘rinda Shifo.uz sayti ijodiy guruhi barcha tadbir tashktlotchilariga va O‘zbekiston "Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatiga alohida minnatdorchilik bildiradi.

0 ta ovoz
Ovoz berish:
1 2 3 4 5