- Shifo.uz oshxonasi
Sholg'om sho'rva
Sholg’om sho’rva o’ziga xos ta’mi bilan ajralib turadi. Kuz- qish vaqtlarida tez tez tayyorlanadi. Sholg’on nafas olish yo’llari kasaliga uchragan bemorlarga juda foydalidir. Abu ali ibn Sino qaynatilgan sholg’omni o’pka kasalliklariga, tomoqda og’riqni kamaytirish maqsadida o’sha vaqtlarda tavsiya etgan edi. Go’sht bilan qaynatib pishirilgan sholg’om organizmni mustahkamlovchi va organizmning har-xil tashqi muhit ta’sirlariga qarshi kurashiga ijobiy ta’sir ko’rsatuvchi vosita deb tavsiya qilinadi.
Xalq tabobatida sholg’om yuqori nafas olish yo’llari shamollaganda, tanada haroratni paaytiruvchi vosita sifatida tavsiya qilingan. Shuningdek yurak xastaliklarida foydalidir. U siydik haydovchi og’riqsizlantiruvchi vosita hioblanadi. Xalq tabobatida qaynatib pishirilgan sholg’om, shuningdek uning sharbati bronxial astmada, xoldan toydiradigan yo’talda, xiqildoqning o’tkir yallig’lanishida foydalaniladi. Sholg’om o’z tarkibida 1,3-1,7 % azotli moddani(oqsil), 0,75% shakar moddasini(uglevodlar), 0,63-0,75% ma’danli tuzlar, 0,37 % pentozalarni, A, A1, B1, B2, PP vitaminlarini, pantotenat kislotasi va boshqa moddalarni saqlaydi. Bundan tashqari sholg’omda tana uchun zarur kaliy, kaltsiy, temir, fosfor, natriy e’lementlari mavjud.
Sholg’om sho’rva o’zida kletchatkalarni, pektinli moddalarni saqlaydi. Bu esa yo’g’on ichak kasallanganda(qabziyatda). Yurak qon tizimi qandli diabet, semirib ketish va boshqa kasalliklarni davolashda katta samara beradi.
Tayyorlash usuli. Go’shtdan yog’I qirqib olinib qozonga tahlanadi, suv quyulib qaynatiladi va ko’pigi chovli bilan olib tashlanadi. Sho’rva qaynaganda mayda to’g’ralgan piyoz, kubik shaklida mayda to’g’ralgan dumba yog’, tozalangan va mayda to’g’ralgan sabzi tashlanadi. Sho’rva yana qaynab chiqqanda 200-300 g sholg’om, pishishga yarim soat qolganda kam miqdorda to’g’ralgan kartoshka tashlanadi, so’ng past olovda 1,5 soat pishiriladi.
Tayyor sho’rva kosada yoki chuqur likopchada suziladi. Mayda solingan ukrop, ko’k piyoz solib dasturxonga tortiladi. Yoqimli ishtaha! :)
1 ta ovozOvoz berish: