Shifo.uz Yangiliklar Shovotda «Sog‘lom bola» bog‘i tashkil etildi

Shovotda «Sog‘lom bola» bog‘i tashkil etildi

Shovotda «Sog‘lom bola» bog‘i tashkil etildi

Xorazm viloyati Shovot tumanining Beshmergan qishlog‘idagi maktab jamoasi bu yil tashkil qilingan bog‘ni “Sog‘lom bola” nomi bilan atadi.

Bir gektar maydonni tashkil etgan bog‘da iqlim sharoitiga mos bo‘lgan olma, o‘rik, shaftoli, olcha, gilos kabi ming tup mevali daraxt ko‘chatlari o‘tqazildi.

Ayni paytda maktabning har bir sinfi uchun alohida hududlar ajratilgan. O‘quvchilar o‘zlariga biriktirilgan maydondagi daraxtlar parvarishini olib borishyapti. Darsdan bo‘sh paytlari amalga oshirilayotgan bu ishlar yoshlarda mehnat ko‘nikmalarining shakllanishida ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
Manba  “Turkiston-press” NAA

0 ta ovoz
Ovoz berish:
1 2 3 4 5