Shifo.uz Bekajon Siynalar ayol ko'rki

Siynalar ayol ko'rki

Siynalar ayol ko'rki

Siynalar — ko‘kraklar tabiat tomonidan ayolga ato etilgan eng go‘zal, latif, nafis bir mo‘jiza. Siynalar qomatni chiroyli ko‘rsatadigan eng muhim a’zolardan biri. Bundan tashqari bu a’zo yangi-yangi avlodlarning dunyoga kelib ilk bor totinadigan rizqi — ona sutining sarchashmasi, tiriklik manbai ham. Balki shuning uchun ham siynalar parvarishiga ulg‘ayish jarayonida katta ahamiyat beriladi. Siynalar shaklini saqlab turishda sovuq suv va badan tarbiya muhimdir. Ko‘krakni muntazam yuvib turish va dush qabul qilish ham tavsiya etiladi. Dushda siynalarning har birini alohida pastdan tepaga qarata va aylanasiga yuvish lozim. Oddiy yuvishda esa bir bo‘lak matoni sovuq suvda ho‘llab (suvga bir oz uzum sirkasi qo‘shish mumkin) yuviladi. Shundan so‘ng ko‘kraklar o‘rtasidan tashqariga qarab aylana harakatlarda yengilgina siypalanadi. Ko‘kraklar yuvilganidan keyin ularni zaytun moyi bilan yog‘lab qo‘yish foydali. Bir oz so‘lib qolgan ko‘kraklarni navbati bilan issiq va sovuq suvda kompress qilish tavsiya etiladi. Issiq suvga bir oz tuz qo‘shish, sovuq suvga esa uzum sirkasi yoki limon sharbati qo‘shish mumkin.

Muolaja issiq suvdan boshlanadi. Sochiqni issiq suvda ho‘llab ko‘krakning pastidan boshlab yarim daqiqa bosib turiladi. So‘ngra sovuq suvda ho‘llab bir daqiqa davomida bosib turiladi va bu muolaja 10 marta qaytariladi, eng oxirida sovuq suv bilan tugallanadi. Agar qaddingizni bukib, yelkalaringizni tushirib yursangiz ko‘kraklaringiz past bo‘lib, osilib turadi. Yelkalarni kerib, tik yurganda esa ko‘krak muskullari mustahkamlanib, siynalar ham tik va kurkam bo‘ladi.
Kichkina ko‘krakka siynaband taqish shart emas. Ko‘krak katta bo‘lganda esa uni ham estetik, ham gigiyenik nuqtai nazardan tutib turish kerak bo‘ladi. Agar siz siynaband taqmaslikni odat qilgan bo‘lsangiz ham sport bilan shug‘ullangan, hayz kurgan va homiladorlik paytingizda uni, albatta, taqib olishni unutmang. Bo‘lg‘usi onalar, emizadigan onalar ko‘krak shakli buzilmasligi uchun hatto uxlab yotgan paytlarida ham siynaband taqib olishlari kerak. Siynaband o‘zingizga loyiq, siynalaringizni yaxshi tutib turadigan bo‘lishi kerak. U ko‘kraklarni yuqoriga juda ko‘tarib yubormaydigan, bir-biriga jipelashtirib yoki me’yordan tashqari uzoklashtirib yubormaydigan bo‘lsin.

Siynalaringizning chiroyli bo‘lishi sizdan ko‘p vaqt talab etmaydi. Buning uchun, yuqorida aytib o‘tilganiday, sovuq dushda cho‘milish va ko‘krakni dag‘al sochiqni ho‘llab ishqalab-ishqalab artish kerak. Sovuq suv siyna terisini tarang qiladi, ishqalab artish esa eng qulay massaj hisoblanadi. Ko‘krak qafasi va ko‘krak bezlarini rivojlantirish uchun mutaxassislar tavsiya etgan badan tarbiya mashqlaridan unumli foydalansangiz yana yaxshi.

Manba: Xotin-Qizlar Ensiklopediyasi

45 ta ovoz
Ovoz berish:
1 2 3 4 5