Shifo.uz
Bekajon
Soch Parvarishlash Qoidalari
- Bekajon
Soch Parvarishlash Qoidalari
Soch ham bir husn hisoblanadi. Sochimizning qanchalik sog’lom ko’rinishi, organizmimizning shunchalik sog’lomligidan darak beradi. Ayni sovuq kunlarda sochimizning ko’rinishi yomonlashishi va to’kilishi bizni bezovta qilishi tayin, shuning uchun sizlarga ko’maklashish maqsadida soch parvarishida as qotuvchi bir necha qoidalarni aytib o’tamiz. Ularni sinab, sochlaringizga yanada ko’rk bering.
Soch parvarishlash qoidalari:
- 100 gramm qatiq, bir dona qatiq va 1 choy qoshiq kakao kukunini aralashtirib, soch ildiziga surting. So’ng boshingizga polietilen qalpoqcha ,kiyib oling, 1 soatdan keyin sochingizni iliq suvda chayasiz. Bu niqob sochingizni qalinlashtiradi.
- Sochlaringizga surtilgan niqob foyda berishi uchun ularni 2-3 oy mobaynida haftada xech bo’lmaganda 1 marta qo’llash lozim.
- Sochlaringiz nosog’lomligi yaqqol ko’zga tashlansa, bu niqoblardan haftada 2-3 marta foydalaning.
- Sochlaringizni gullashini oldini olish uchun, uni yuvib bo’lgach, qurib ulgurmasidan tarash lozim.
- Soch gullashininh asosiy sababi, uni tez va qo’pol tarash bilan bog’liq. Shuning uchun sochlarni shoshilmasdan, ohista harakatlar bilan tarang.
- Agar sochlaringiz kalta kesilgan bo’lsa, uni fen bilan turmaklayotganda, taroqni soch o’sishga qarshi yo’naltiring. Maboda turmakni yaxshilab qotirmoqchi bo’lsangiz, lak-spreyni faqat soch uchiga seping.
- Kaskad soch kesimini sochi to’lqinsimon yoki jingalak ayollar kestirmagani ma’qul. Sochlar hamisha u yer-bu yerdan chiqib turgani bois biror turmakka solish qiyin bo’ladi. Bu kesim sochi tekis va quyuq bo’lgan xotin-qizlarga ko’proq mos keladi.
- Guruch yuvilgan suv sochni jilolanishida yordam beradi. Guruchni yuvgach, suvini tindirib qo’yish kerak va toza sochni ustidan quyiladi.
Manba: Maslahat.uz
23 ta ovozOvoz berish: