Shifo.uz Maqolalar Sog'lom ovqatlanish tarelkasi

Sog'lom ovqatlanish tarelkasi

Sog'lom ovqatlanish tarelkasi

Kitobimdagi kamchilikni shu maqola orqali bartaraf etmoqchiman.  Ko‘pchilikning taklifiga ko‘ra Sog‘lom Ovqatlanish Tarelkasining rasmi tiniq ko‘rinmaganligi tufayli,  ushbu maqolada uning tiniq rasmini joylashtirdim.  Unutmanki,  bizning miyamiz nimaniki tanovvul qilsak,  o‘sha orqali energiya oladi va oziqlanadi.  Muximi,  miyamiz uchun kerakli balansni topishimizda.  Yana,  aytib o‘tishim kerakki,  Garvard Tibbiyot Maktabi professori tayyorlagan quyidagi Sog‘lom Ovqatlanish Tarelkasi oldinlari ko‘p ishlatilgan Ovqatlanish Piramidasiga alternativ sifatida ko‘rilgan va uning ba’zi kamchiliklarini bartaraf etgan.  Va maqolada kitobimdan parcha berib tayyorlandi.
"Tanovvul qilinayotgan ovqat juda muhim.
Tanavvul qilgan ovqatingiz miyangizga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir qiladi.  Aytadilarku,  biz nimani tanovvul qilsak aynan o‘shaning aksimiz.  Doimo etarlicha meva va sabzavotlarni tanovvul qiling va don mahsulotlari bilan birga,  shuningdek,  yog‘i kam bo‘lgan mahsulotlarni tanovvul qiling.
Bu ovqatlar sizda xolestereolni kamaytiradi va yurak qon tomirlarini toza saqlaydi.  Oqibatia sizda yurak kasalliklari kam uchraydi.  Meva va sabzavotlar vitaminlar manbai bo‘lib,  sizni yoshartiradigan vosita ham hisoblanadi.
To‘g‘ri ovqatlanish o‘rtacha vaznni saqlab qolishga ham yordam beradi,  ortiqcha vaznga ega bo‘lish sariq kasalligi,  qand kasalligi va yurak hamda qon tomirlari hamda bosim bo‘yicha kasalliklarni keltirib chiqarishi mumkin. Sun’iy ovqatlarni kam tanovvul qiling,  ularga odatda ximikatlar qo‘shilgan bo‘lib,  organizmimiz bunda qiyinchilikka duchor bo‘ladi.


Yong‘oq tanovvul qilish xotira muammolaridan qochish borasida bir qadam hisoblanadi.  Faqat me’yor yoddan chiqmasa bo‘ldi.  Olmani ham ko‘p tanovvul qilib turish miyamiz xotirasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi ko‘p isbotlangan. " "Mukammal Xotira" kitobidan

Manba: Mnemonika.uz

0 ta ovoz
Ovoz berish:
1 2 3 4 5