- Maqolalar
Sog'lom ovqatlanishning 10ta asosi
Qanday qilib biz ozishimiz mumkin? Vaznimizni me'zonda ushashimiz uchun nima qilishimiz kerak? Sog'lig'ingizni har doim sog' saqlash uchun yordam beradigan ozish yo'llari, diyeta (foydalik maxsulotlar iste'moli) haqida ma'lumot oling.
1) Me’zondagi diyeta
Ozish yo’llaridan biri tarkibiga boy ammo og’ir bo’lmagan ovqat iste’mol qilishdir. Buning uchun o’z kundalik ratsioningizni turli ovqat turkmularining ozuqalari bilan boyitishingiz shart. Ovqat piramidasi, kaloriya jadvali va kaloriya hisoblagichlari bu maqsadingizni amalga oshirishga yordam beradi.
2)Jismoniy mashg’ulotlar
Bunday mashg’ulotlar bizning jismimiz muhtoj bo’lgan quvvatni me’zonda ushab turadi. Aqliy mehnat kasb egalari esa jismonan faolroq mashg’ulotlarini qilib turishlari kerak.
3) Don maxsulotlari
Ularning tarkibiga oqsillar, B1 vitamini, magneziya, temir, sink va boshqa muhim moddalar kiradi. Seluloza ortiqcha vaznga qarshi kurashishni osonlashtirgani sababli selulozaga asoslangan diyetani hisobga olib bilib qo’ygan yaxshi.
4) Sut maxsulotlari
Ular kalsiy va vitmain B2 moddalarining manba’laridir. Biz ularni yogurt, qatiq va yogsizlantirilgan pishloq kabi maxsulotlarda topishimiz mumkin. Yosh bolalar va homilador ayollar uchun ayniqsa foydali va muhimdir
5) Baliq va loviya maxsulotlari
Ular oqsillarning manba’si bo’lib haftasiga go’sht o’rniga 2-3 marta iste’mol qilish tavsiya etiladi
6) Meva va sabzavotlar
Meva va sabzavotlar kaloriyalarga boy emas lekin tarkbida turli vitaminlar, minerallar va seluloza mavjud. Shu sababli biz meva va sabzavotlar qoidasiga kuniga 5 mahal amal qilamiz.
7) Hayvon yog’ manba’lari
Hayvon yog’lari juda katta hajmda yog’ kislotalari va holersterinni o’z tarkibiga oladi. Hayvon yog’larini o’simlik yog’lari bilan almashtirish tavsiya etiladi.
8) Shakar va shirinliklar
Shakar bo’sh kaloriyalarning manba’si bo’lib tarkibida hech qanday foydalik maxsulotlar yo’q. Kundalik diyetadan shakarni olib tashlash tavsiya etiladi.
9) Tuz
Tuzni qancha kam iste’mol qilinsa shuncha yaxshi, uning o’rniga o’tlar va ziravorlardan foydalangan yaxshiroq.
10) Alkogol
Alkogol kaloriyalarga juda boy bo’lib hech qanday foydalik maxsulotlar tarkibida yo’q. Uni iste’molini chegarlash maqsadga muvofiq bo’lur.
Manba: Bonduelle.uz
12 ta ovozOvoz berish: