Shifo.uz Maqolalar SOG‘LIKKA ZARAR KELTIRUVCHI ODATLAR

SOG‘LIKKA ZARAR KELTIRUVCHI ODATLAR

SOG‘LIKKA ZARAR KELTIRUVCHI ODATLAR

Biz kundalik hayotimizda o‘zimiz bilmagan holda sog‘lig‘imiz uchun zararli bo‘lgan ishlarni ham amalga oshiramiz. Quyida har kuni aksariyat insonlar tomonidan qilinadigan kundalik amallarning zararli jihatlari haqida to‘xtalib o‘tamiz.
1. Uyqudan uyg‘onish bilanoq kerishish. Hali uyg‘onishga ulgurmagan tanangiz to‘satdan boshlangan kerishish va tortilishlarga ta’sirchan bo‘ladi. Bu odatning qayta-qayta takrorlanishi umurtqa pog‘onasiga og‘irlik tug‘diradi, natijada tanangizning orqa qismida turli xil og‘riqlar paydo bo‘ladi.
2. Oyoqlarning tizzadan tepa qismini ustma-ust chalishtirib o‘tirish. Ushbu holatda o‘tirish oyoqdagi vena qon tomirlarining siqilishiga, qonning to‘planib qolib, bosimini kuchaytirishiga va vena tomirlari shishishiga sabab bo‘ladi.
3. Saqichni uzoq vaqt davomida chaynash. Inson jag‘i asosan qisqa vaqt ichida ovqatni chaynash uchun moslashgan bo‘lib, uzoq vaqt davomida saqich chaynash jag‘ muskullarining haddan ziyod zo‘riqishiga olib keladi. Bu odat juda kuchli og‘riqlarni hosil qilishi mumkin.
4. Hojatga chiqishdan o‘zini tiyish. Ba’zida hojatga chiqish uchun ehtiyoj tug‘ilsa-da, qilayotgan ishimizni oxiriga etkazish uchun o‘zimizni tiyib turamiz. Lekin bu odat sizning siydik yo‘llaringizga katta zarar bo‘lib, unga infektsiya tushishiga sabab bo‘ladi. Chunki siydikdagi bakteriyalar qisqa muddatda ko‘payib ketishi mumkin. Tanangiz bergan hukmlarga quloq tuting.
5. Uzoq vaqt davomida mashina haydash. Inson ko‘p vaqt davomida o‘tirishi natijasida tananing oyoq qismiga odatdagidan ko‘p qon to‘planadi, bu qon tomirlari yallig‘lanishiga olib keladi. Uzoq safarga chiqqanda yoki kasbingiz taqozosi bilan mashinani uzoq muddat boshqarishga to‘g‘ri kelsa, har 2-3 soatda mashinadan tushib, oyoqlaringiz chigilini yozishingizni maslahat beramiz.
6. Tanani tik tutmaslik. Odam tanasi qanchalik to‘g‘ri ushlansa, uning muskullar bilan muvozanati ham shunchalik mutanosib bo‘ladi. Tanani qiyshiq tutish ushbu muvozanat buzilishiga va qaysidir muskul yoki suyak ko‘proq bosim olishiga sabab bo‘ladi. Yaxshisi, tanangizni tik tutishga odatlaning.
7. Juda tor shimlarni kiyish. Tor shimlar tanamizning qorin qismini siqqan holda ovqat hazm qilish jarayonimizga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Shim bilan siqilgan qorin hazm qilish uchun ajratilgan kislotalar oshqozon va ichaklarda ko‘proq vaqt qolib ketishiga sabab bo‘ladi. Og‘izga zardob ta’mi kelishi, jig‘ildonning qaynashi, ko‘krak qafasida og‘riq hosil bo‘lishi, yo‘tal va oshqozonning dam bo‘lishi tor shim kiyishning oqibatidir.
8. Qorin bilan erga qarab yotish. Bunday holatda yotganda insonning bo‘yin qismi va boshda og‘riqlar paydo bo‘ladi. Chunki erga qarab yotganda bo‘yindagi nerv tolalari siqilib, tananing bo‘shashiga halaqit beradi. Foydasiz og‘riqlardan xalos bo‘lish uchun erga qarab yotishdan saqlaning.
9. Oyoqlarni tik turgan holatda tarang tutish. Tik turganingizda oyoqlaringizni bo‘shashtirib tutishingiz foydaliroq. Oyog‘ingizni tarang tik tutishingiz tizzangiz atrofidagi muskullarning ortiqcha va befoyda ishlashiga sabab bo‘lib, oyoq qismida qon bosimini kuchaytiradi.
10. Sumkani elkada uzoq vaqt ko‘tarish. Agar siz sumkangizni doimiy ravishda bir elkangizda ko‘tarib yursangiz, tanangizda muskullar bilan bog‘liq og‘riqlar hosil qiladi, chunki doimo bir tomonga og‘irlik tushishi muvozanatning buzilishiga olib keladi. Xuddi ko‘pchilik bir xil harakatlar bilan faoliyat ko‘rsatadigan kasblardagi tez-tez uchraydigan muskul kasalliklari kabi. Sumkangizni iloji boricha engillashtiring va uni tez-tez u elkadan bu elkaga olib ko‘taring.

Manba: Navoiypress gazetasi

SOG‘LIKKA ZARAR KELTIRUVChI ODATLAR

13 ta ovoz
Ovoz berish:
1 2 3 4 5