- Bekajon
Sovuq kunlarda yuz terisi uchun muhim bo’lgan niqoblar
Yog’li yuz terisi uchun
1 choy qoshiq tvorog, 1 choy qoshiq asal(agar allergiyangiz bo’lsa, uni qo’shmaganingiz maqul), yarimta limon suvi va ikki osh qoshiq sut. Tarkibiy qismlar aralashtiriladi va yupqa qilib yuzga suriladi, ko’z atrofidagi teri bundan mustasno. Niqob 10 daqiqadan keyin biroz iliq suv bilan yuvib tashlanadi.
Quruq yuz terisi uchun
1 osh qoshiq tvorog, 3osh qoshiq sut, 1 choy qoshiq zaytun yog’i. Masalliqlar bir xil ko’rinishga kelgunicha aralashtiriladi. Tozalangan yuz terisiga suriladi va 15 daqiqadan so’ng iliq suvda yuvib tashlanadi. Ushbu niqob quruq terini yaxshi oziqlantiradi va namlantiradi, qipiqlanishni oldini oladi.
Yuz go’zalligi
Nazarimizda, turli kremlardan ko’ra mutaxassis tavsiya etgan vitamin va minerallarga boy sabzavot yoki mevadan tayyorlangan oddiy niqob foydaliroq.
"Dilxush" gazetasidan olindi
4 ta ovozOvoz berish: