Shifo.uz Bolalar Salomatligi Televizorning bola miyasiga salbiy tasiri

Televizorning bola miyasiga salbiy tasiri

Televizorning bola miyasiga salbiy tasiri

Yoshligimizda televizorni umrida birinchi marta ko‘rayotganiga qaramay, bobo-momolarimiz hadeb televizor ko‘rsang, miyang suyulib ketadi, deb tanbeh berishardi. Ajablanarlisi, Yaponiyadagi Toxoku universiteti olimlari tadqiqotida bu fikr o‘z tasdig‘ini topgandek bo‘ldi.

Jumladan, ular 5 yoshdan 8 yoshgacha bo‘lgan 276 bolaning peshona tuzilishini o‘rganib chiqib, televizorga o‘ta ruju qo‘yganlar manglay tuzilishida katta o‘zgarishlar yuz berishini aniqladilar.

Tajribada ishtirok etgan bolalar har gal tanaffussiz ikki soatdan kuniga 4 soat televizor tomosha qilishgan. Shundan keyin bola miyasidagi o‘zgarishlar MRT(magnit rezonans tomografiya) yordamida tekshirib borilgan. Mazkur jarayonda televizor qarshisida ko‘p o‘tirgan bola miya old qobig‘ida ko‘kimtir modda to‘planishi kuzatilgan. Holbuki, miyaning me’yoriy rivojlanish sharoitida qobiqda ko‘kimtir modda kamayib borishi lozim. Miya old qobig‘ida ko‘kimtir moddaning ko‘payib borishi esa bola intellektiga, ya’ni atrofdagilar gapini tahlil etish, so‘zlar ma’nosini anglash va ularni eslab qolish qobiliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatar ekan.

Avvallari televideniyening bola miyasiga bevosita ta’siri borasida bunday tadqiqot olib borilmagan. Albatta, mazkur tajriba natijalari ko‘p vaqtini televizor qarshisida o‘tkazadigan bolalarning ota-onasini jiddiy tashvishga solmoqda. Gap bu yerda faqat televideniye haqida ketmoqda. Hozircha bolalarning kompyuter oldida uzoq o‘tirishi, ya’ni unga “bog‘lanib” qolishi ertangi kunda qanday asoratlarga olib kelishi ilmiy jihatdan tadqiq etilmagan.

manba: hurriyat.uz

4 ta ovoz
Ovoz berish:
1 2 3 4 5